|
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
|
bet | 56/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Gigienik yo‘nalishda:
-salomatlik va ish qobiliyatiga ta`sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me`yorlash;
-ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo‘qotish yo‘li bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash.
Fiziologik yo‘nalishda:
-ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bulishiga erishish;
-mehnatni jismoniy og‘irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan etarlicha harakat faolligini ta`minlash;
-mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.
Psixologik yo‘nalish:
pul’tlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni hisobga olish;
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnat va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bulishlarini ta`minlash buyicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
estetik yo‘nalish:
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pul’tlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilishi lozim bulgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida sanitariya-gigiena, yong‘in xavfsizligi buyicha ma`lum maxsus talablar qo‘yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish buyicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar, korxonada xavfsiz mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .
1-rasm. Nisbiy namlikni o‘lchov asboblari:
aspiratsion psixrometr; b) PBU-1M psixrometr; v) gigrometr M-19
2-rasm. a - Termoanemometr eA- 2M; 1-o‘lchov asbobi ; 2 –kengaytirgich; 3 – turg‘unlashtirilgan tok manbai; 4 – bildirish chirog‘i; 5- datchik o‘rnatilgan joyi; 6- datchik; 7- quvur ushlagich ; 8- datchikni metall jilti b - SHarikli katatermometr. 1- idishning yuqorisi 2 – kapillyar quvurcha 3 – idishning osti
|
| |