• Tayanch iboralar
  • mavzu: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni




    Download 2,33 Mb.
    bet52/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    mavzu: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni.


    Reja:

    1. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri.

    2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson organizmiga ta’siri.

    3. Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish.



    Tayanch iboralar


    Sanitariya, gigiena, meteorologik sharoit, ergonomika, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, iqlim, portlashlar, texnik estetika.


      1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.


    Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga ta`sirini o‘rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi.
    Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi tibbiy profilaktika sohasi bo‘lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta`minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat faoliyati bilan bog‘liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy asoslarini va amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
    To‘g‘ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma`naviy kamol topishiga olib keladi.
    Jamiyatda u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai hamdir. Biroq mehnatning ijobiy ta`siri bilan birga ba`zi hollarda salbiy oqibatlari ham bulishi ilgaridan kuzatilgan.
    Bu mehnat faoliyati natijalarini kamaytiribgina qolmay, balki kasb kasalliklarni ham vujudga keltirilishi mumkin.
    Jamiyatning taraqqiy qilishi bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ko‘plab kasblar yuzaga keldi.
    Ishlab chiqarish korxonalarida zararli muhit, u yerda ishlayotgan ishchini ish qobiliyatiga yoki sog‘liqqa salbiy ta`sir qila oladigan, hollar ishlab chiqarishda kasbga doir zararlar borligidan dalolat beradi.
    Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi, ish unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog‘ligiga zararli ta`sir qilmaydigan sharoitlarni ta`minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, yurak-tomir, onkologik va asab kasalliklarning oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi.
    Fan va texnika taraqqiyoti mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ymoqda.
    Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat, ishlab chiqarish shovqinlari, elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiatsiya, lazer nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli ta`sirini qunt bilan ilmiy asoslab o‘rganish zaruriyati tug‘ildi.
    YAngi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin, ularni inson sog‘ligiga xavfli va zararli belgilarini chuqur o‘rganib, uni aniqlash o‘ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Birorta ham yangi birikma, sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatsiz xalq xo‘jaligiga qo‘llanishga tavsiya etilmaydi.



      1. Download 2,33 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

    Download 2,33 Mb.