|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 80/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Radioaktiv nurlarning asosiy xavfliligi nimada?
Radioaktivlik nima?
Nurlanishlarning qaysi turlarini bilasiz va ularning farqi nimada?
Ionlashtiruvchi nurlanishlar inson organizmiga qanday biologik ta`sir ko‘rsatilishi mumkin?
Ichki va tashqi nurlanishlarni qanday me`yoriga keltirish mumkin?
Ionlashtiruvchi nurlanishlarni qanday me`yoriga keltirish mumkin?
Nurlanuvchilar qaysi toifalarga bo‘linadi?
Nurlanishning ruxsat etilgan dozasini qanday aniqlash mumkin?
α, β, γ va rentgen nurlardan qanday muhofazalanish mumkin?
Radioaktiv nurlarni qanday o‘lchash mumkin?
13-Ma’ruza. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari
Reja.
Inson tanasiga elektr tokini ta’siri.
Inson tanasini elektr tokiga ko‘rsatayotgan qarshiligi.
Elektr tokidan shikastlanishning asosiy sabablari.
Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam.
Tayanch iboralar: elektr toki, kuchlanish elektr energiyasi, elektr jarohat, termik ta’sir, elektrolitik ta’sir, biologik ta’sir, elektr jarohatlanishi, mehanik jarohatlanish, shikastlanishi, elektrdan kuyish, elektr metallanish, yerga ulash tizimi, elektr izolyatsiya, nollanish, erga ulash, inson tanasining elektr qarshilik, sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Elektr tokini insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo‘lib V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863 yilda o‘zgarmas va 1883 yilda o‘zgaruvchan tokni ta’siri urganilgan.
Sanoatda elektr energiyasidan keng qo‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli elektr toki tasirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan bahtsiz xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki tasirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora- tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhim.
Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoki ta’siri, magnit maydoni tasiri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
|
| |