• BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TA’MINLASH USULLARI
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 2,03 Mb.
    bet77/111
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,03 Mb.
    #246571
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111

    Nazorat savollari


    1. Kompyuter tarmog‘i va uning turlari.

    2. Tarmoq topologiyasi va uning turlari.

    3. Tarmoq qurilmalari va ularning asosiy vazifalari.

    4. Asosiy tarmoq protokollari va ularning vazifalari.

    5. Tahdid, zaiflik va hujum tushunchalariga izoh bering.

    6. Tarmoq muammolarini yuzaga kelishining asosiy sabablari.

    7. Tahdidlarning turlari va ularga misollar keltiring.

    8. Tarmoq xavfsizligining buzilishi biznes faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

    9. Tarmoq xavfsizligi zaifliklari va ularning turlari.

    10. Tarmoq xavfsizligiga qaratilgan hujum turlari.

    11. Razvedka hujumlarining asosiy maqsadi.

    12. Kirish hujumlariga misollar keltiring.

    13. Zararli dasturiy vositalarga asoslangan hujumlarning asosiy maqsadi nima?

    14. Tarmoqlararo ekran vositasining asosiy vazifasi.

    15. Tarmoqlararo ekran vositalarining tasniflanishi.

    16. VPN tarmoq va uning asosiy vazifasi.

    17. VPN tarmoqni qurish usullari.

    18. Risk tushunchasiga izoh bering.

    19. Risk darajasi tushunchasiga izoh bering.

    20. Risk matritsasi va uning asosiy vazifasini tushuntiring.

    21. Risklarni boshqarish va uning asosiy bosqichlari.

    22. Tashkilotda risklarni boshqarish freymworki va uning asosiy vazifasi.

    23. Risklarni boshqarishning axborot tizimlariga misollar keltiring.
    1. BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TA’MINLASH USULLARI




      1. Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash


    Foydalanuvchanlik. Kompyuter xavfsizligi axborot va axborot tizimlarini ruxsatsiz foydalanish, ochish, buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya qilishni anglatib, uning eng muhim maqsadi axborot konfidensialligini, yaxlitligini va foydalanuvchanligini ta’minlashdir. Kompyuter tizimlaridan ma’lumotlarni saqlash va ishlash uchun foydalanilsa, xavfsizlikni nazoratlash vositalari ma’lumotlarning suiste’mol qilinishidan himoyalashda ishlatiladi. O‘z navbatida, axborot tizimlarining o‘z maqsadiga erishishiga imkon beruvchi foydalanuvchanlikni ta’minlash muhim hisoblanadi.
    Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan, xususan:

    • konfidensial ma’lumotlarga yoki manbalarga ehtiyoji bo‘lganlar uchun foydalanish imkonini berish;

    • vakolatli foydalanuvchilarning ma’lumotlardan va axborot tizimlaridan o‘z vaqtida va ishonchli foydalanish imkoniyati;

    • obyektlardan qonuniy foydalanish imkoniga ega vakolatli shaxslarning tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmaslik;

    • tizimlarning tezkor ishlashini va qonuniy foydalanuvchilarga rad etilmaslikni kafolatlash.

    Hozirda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi tashkilot yoki korxonalar faoliyatini yuritishda muhim ahamiyat kasb etayotgan bo‘lsada, tashkilotda axborot tizimlari bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, uning faoliyati katta yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Faraz qilaylik, xosting provayderlarida xizmat ko‘rsatishda 99% foydalanuvchanlik ta’minlangan bo‘lsin. Bu qiymat ko‘rinishdan katta bo‘lsada, bir yilda 87 soat (3.62 kun) xizmat ko‘rsatilmaganligini anglatadi. Bu vaqt ichida tashkilot, xizmat ko‘rsatish hajmiga bog‘liq, turlicha zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holda, hattoki 99.9% xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchanlikka erishilgan bo‘lsada, yiliga 9 soat yo‘qotish kuzatiladi.
    Xizmat ko‘rsatishdagi mazkur zararlarni kamaytirish nafaqat Facebook yoki Amazon kabi yirik korporasiyalar uchun, balki barcha tashkilotlar uchun ham muhim hisoblanadi. Xususan, 2013 yilda 30 daqiqa davomida www.amazon.com saytining ishlamay qolishi kompaniyaga 2 million dollarga (daqiqasiga 66 240 $) tushgan.
    Yuqoridagi misollar har bir tashkilot uchun foydalanuvchanlikni ta’minlash qanchalik muhimligini anglatadi. Yuqori foydalanuvchanlik o‘zida quyidagi 3 ta omilni birlashtiradi:

    • xatolarga bardoshlilik: bu omil tizimda xatolik kuzatilgan taqdirda ham ishlamay qolmaslik shartini ko‘rsatadi;

    • taqdim etilayotgan xizmatlarning kafolati: xizmatlar, shuningdek, tizimlar ham har doim mavjud bo‘lishi kerak;

    • ma’lumotlar xavfsizligi: infrastruktura tarkibidagi ma’lumotlar yaxlitligi, undagi jarayonlar va xodimlar ishlamay qolgan taqdirda ham ta’minlanishi shart.

    Yuqori darajadagi foydalanuvchanlik o‘zida birorta ham xatolikni qamrab olmaydi. Boshqacha aytganda, hosting provayderlarining yuqori foydalanuvchanlikni ta’minlashi uchun o‘zidagi biror tarmoq qurilmasi (masalan, marshrutizator yoki tarmoqlararo ekran) ishlamay qolishini oldini olish talab etiladi.
    Tizim yoki xizmat foydalanuvchanligini buzilishiga olib keluvchi hujum – xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash (DoS) hujumi hisoblanib, mazkur hujumning asosiy maqsadi tizim yoki tarmoqni qonuniy foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishidan iborat. Ushbu hujum turli usul va vositalardan foydalanilib, turli tizim va muhit xususiyati asosida amalga oshiriladi.
    Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash hujumini oldini olish va foydalanuvchanlikni ta’minlash uchun kompleks himoya choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

    Download 2,03 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




    Download 2,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 2,03 Mb.