Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari




Download 2,03 Mb.
bet79/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111

Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari


Aksariyat tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasi asosida zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida ma’lumotlar bir qancha disklarning turli sohalarida saqlangani bois, IO (kirish/ chiqish) amallarining bajarilishi osonlashadi. RAID texnologiyasi ko‘plab qattiq disklarni bitta mantiqiy disk sifatida o‘rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo‘ylab bir xil ma’lumotlarni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyatini beradi. Ushbu texnologiya odatda serverlarda ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish zaruriyati mavjud emas.
RAID texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath mavjud: RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50.
RAIDning har bir sathi quyidagi xususiyatlarga ega:

  • xatoga bardoshlilik: agar biror disk ishlashdan to‘xtasa, boshqa disklar normal ishlashini davom ettiradi;

  • unumdorlik: RAID ko‘plab disklar bo‘ylab o‘qish va yozishda yuqori unumdorlik darajasiga ega.

Disklarning ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar o‘lchamining bir xil bo‘lishini talab etmaydi. Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi:

  • bloklash: ma’lumotlar ko‘plab bloklarga ajratiladi. Mazkur bloklar keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Bloklash ma’lumotlarni saqlanishini yaxshilaydi.

  • akslantirish: akslantirish ma’lumotlarning nusxalanishini va RAID bo‘ylab uzluksiz saqlanishini amalga oshiradi. Bu usul xatoga bardoshli va amalga oshirilishining yuqori darajasiga ega.

  • nazorat qiymati: nazorat qiymati ma’lumotlar bloki yaxlitligini tekshirish funksiyasini amalga oshirishda bloklash funksiyasidan foydalanadi. Disk buzilganida nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida ma’lumotlarni tiklashga harakat qiladi.

RAID tizimlari sathga bog‘liq holda o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.
RAID tizimlarining afzalliklari:
Unumdorlik va ishonchlilik: RAID texnologiyasi disklarda ma’lumotlarni o‘qish va yozish unumdorligini oshiradi. Ushbu texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali unumdorlikni yaxshilaydi va jarayon tezligi, yagona diskda ma’lumotlarni saqlashga qaraganda, yuqori bo‘ladi.
Xatolikni nazoratlash: buzilgan diskda saqlangan ma’lumotlarni qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali ularni tiklashni yoki tuzatishni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar ortiqchaligi (ma’lumotlarni nusxalash): diskning buzilishi istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. RAID texnologiyasi qurilma buzilganida ma’lumotlarni nusxalash orqali uning qayta tiklanishini ta’minlaydi.
Disklarni navbatlanishi: ma’lumotlarni o‘qish/ yozish unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo‘laklarga bo‘linib, bir qancha disklar bo‘ylab tarqatiladi. RAID tizimida ma’lumotlarni o‘qish va yozish bir vaqtda bajariladi.
Tizimning ishlash davomiyligi: ushbu o‘lchov kompyuterning ishonchligini va barqarorligini belgilaydi. Tizimning ishlash davomiyligi tizimning avtomatik ishlash vaqtini belgilaydi.
RAID tizimlarining kamchiliklari:
Tarmoq drayverlarini yozish: RAID texnologiyasi asosan serverlarda foydalanish uchun loyihalangani bois, uning asosiy kamchiligi - barcha tarmoq drayverlarini yozish.
Mos kelmaslik: tizimlar turli RAID drayverlarini madadlaydi. Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID tizimi bilan mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimining o‘z vazifasini to‘g‘ri amalga oshirilmasligiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumotlarning yo‘qolishi: RAID drayverlari mexanik muammolar tufayli o‘z funksiyalarini bajara olmasliklari mumkin. Disklar ketma-ket buzilishga uchraganida ma’lumotlarning yo‘qolishi xavfi ortadi.
Qayta tiklashning uzoq vaqti: katta hajmli disklardan foydalanish ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli disklarda ma’lumotlarni tiklash va buzilgan disklarni qayta sozlash uzoq vaqt talab etadi.
Narxining yuqoriligi: RAID texnologiyasini amalga oshirish iqtisodiy jihatdan katta mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari, tizim
ishini yaxshilash uchun qo‘shimcha RAID kontrollerlarini va qurilma drayverlarini sotib olish talab etiladi.
Mos RAID sathini tanlash tashkilot zaruriyatidan kelib chiqqan holda va har bir sathning taqdim qilayotgan imkoniyatlariga asoslanishi zarur. RAID sathini tanlashda ularni xususiyatlariga ham e’tibor berish talab etiladi (6.1-jadval).


6.1-jadval
RAID texnologiyalarining tahlili




Download 2,03 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari

Download 2,03 Mb.