Yakshanba Dushanba Seshanba Chorshanba Yakshanba Dushanba Seshanba Chorshanba
a) O‘sib boruvchi zaxiralash b)
Differensial zaxiralash
6.1-rasm. Zaxiralash turlari
Differensial zaxiralash: ushbu zaxiralash usuli to‘liq va o‘sib boruvchi usullarning mujassamlashgan ko‘rinishi bo‘lib, oxirgi zaxiralangan nusxadan boshlab bo‘lgan o‘zgarishlarni zaxira nusxalash amalga oshiriladi.
Masalan, yuqoridagi misolni qaraylik. To‘liq zaxiralash yakshanba kuni, differensial nusxalash esa shanbagacha amalga oshirilishi jadvalda keltirilgan bo‘lsin. Yakshanba kuni to‘liq zaxira nusxalash amalga oshirilganidan so‘ng, dushanba kuni differensial zaxiralash kun o‘tishi bilan amalga oshiriladi. Bu holat o‘sib boruvchi zaxiralashga o‘xshab ketadi. Biroq, seshanbada, zaxira nusxalash yakshanba va dushanbadagi o‘zgarishlar uchun amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, chorshanbada
zaxiralash yakshanba, dushanba va seshanba kunlari uchun amalga oshiriladi (6.1 – rasm “b”).