Ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash




Download 2,03 Mb.
bet82/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111

Ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash


Ma’lumotlarni qayta tiklash. Ma’lumotlarning yo‘qolishi har qanday tashkilot uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Shu sababli, ma’lumotlarni qayta tiklash usullaridan foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayon ma’lumotlarning qanday yo‘qolganiga, ma’lumotlarni qayta tiklash dasturiy vositasiga va ma’lumotlarni tiklash manziliga bog‘liq.
Ma’lumotlarni eltish vositalarida, USB xotirada, qattiq diskda, DVD va boshqa saqlagichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. Qayta tiklash jarayonining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi foydalanuvchining malakasiga bog‘liq. Ma’lumotlarni qayta tiklash jarayonida bilim va to‘g‘ri tanlangan vosita muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Agar saqlagichda xatolik mavjud bo‘lsa yoki unga ko‘p zarar yetgan bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklashning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumotlarning qayta tiklanishi ehtimoli ularning yo‘qolishi sababiga bog‘liq. Ma’lumotlarni yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi hollar quyidagilar:
Faylni o‘chirish: agar fayl o‘chirilsa, ushbu soha qaytadan yozilgunga qadar saqlagichda mavjud bo‘ladi. Ma’lumotlar saqlangan sohadagi kichik xotiraga ma’lumotlar yozilishi butun ma’lumotlarni tiklanmasligiga sababchi bo‘lishi mumkin. Windows OTda NTFS fayl tizimida ma’lumotlarni o‘chirish algoritmi mavjud va ma’lumotlarni tiklash ham ushbu algoritm asosida amalga oshiriladi.
Faylning zararlanishi: agar OT zararlansa, ma’lumotlarni diskning qismlar jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning qismlar jadvali ham zararlangan bo‘lsa, qayta tiklashning maxsus vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Qattiq diskning fizik zararlanishi: qattiq diskka fizik ta’sir bo‘lishi, faylni zararlanishiga qaraganda, katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ma’lumotlarni qayta tiklashning maxsus sathidan foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik diskdan ma’lumotlarni tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli ifloslanishlardan holi bo‘lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirilishi shart. Chang bo‘lgan sohalarda ma’lumotlarning qayta tiklanishi qiyin bo‘ladi.
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur:

  • ma’lumotlar yo‘qolgan qattiq diskga qayta tiklangan ma’lumotlarni yozmaslik;

  • turli zaxira nusxalarni amalga oshirish va ularni turli manzillarda saqlash;

  • ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham 100% samara bermasligi.

Amalda saqlagichlardagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklashda maxsus dasturiy vositalardan foydalaniladi. Ularga Recovery My Files, EASEUS Data Recovery Wizard, Advanced Disk Recovery, Handy Recovery, R-Studio, Data Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora Recovery kabilarni misol sifatida keltirish mumkin.

Download 2,03 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash

Download 2,03 Mb.