|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 80/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
RAID
|
Diskdan foydala nish
|
Buzi lishga bardosh
ligi
|
Katta ma’lumotlar transferi
|
IO
darajasi
|
Ma’lumot foydalanuv chanligi
|
Asosiy kamchiligi
|
Yagona disk
|
Bir xil 100%
|
Yo‘q
|
Yaxshi
|
Yaxshi
|
Yagona
diskning MTBF davri
|
Disk buzilsa, ma’lumot yo‘qoladi
|
RAID
0
|
A’lo
100%
|
Ha
|
Juda yaxshi
|
Juda
yaxshi
|
Diskning past
MTBF davri
|
RAID 1
|
O‘rtacha 50%
|
Ha
|
Yaxshi
|
Yaxshi
|
Yaxshi
|
Disk hajmidan
2 marta kam foydalanish
|
RAID 3
|
Yaxshi-
juda yaxshi
|
Ha
|
Juda yaxshi
|
Yaxshi
|
Yaxshi
|
Disk buzilsa,
ma’lumot yo‘qoladi
|
RAID 5
|
Yaxshi-
juda yaxshi
|
Ha
|
Yaxshi-juda yaxshi
|
Yaxshi
|
Yaxshi
|
Disk buzilsa,
kam o‘tkazuvchanlik
|
RAID 0+1
|
O‘rtacha 50%
|
Ha
|
Yaxshi
|
Juda yaxshi
|
Yaxshi
|
Disk hajmidan 2 marta kam
foydalanish
|
RAID 1+0
|
O‘rtacha 50%
|
Ha
|
Juda yaxshi
|
Juda yaxshi
|
Juda yaxshi
|
Juda qimmat, keng ko‘lamli
emas
|
RAID 30
|
Yaxshi- juda
yaxshi
|
Ha
|
Juda yaxshi
|
A’lo
|
A’lo
|
Juda qimmat
|
RAID 50
|
Yaxshi- juda
yaxshi
|
Ha
|
Yaxshi-juda yaxshi
|
A’lo
|
A’lo
|
Juda qimmat
|
Izoh: MTBF – Mean Time Between Failures (buzilishlar o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt).
Zaxira nusxalash usullari. Tashkilot o‘zining moliyaviy imkoniyati va AT infrastrukturasi asosida zaxira nusxalash usulini tanlaydi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning quyidagi usullari mavjud.
Issiq zaxiralash. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning mazkur usuli amalda keng qo‘llaniladi va dinamik yoki aktiv zaxira nusxalash usuli deb ham ataladi. Ushbu usulga binoan foydalanuvchi tizimni boshqarayotgan vaqtida zaxira nusxalash jarayonini ham amalga oshirishi mumkin. Mazkur zaxiralash usulini amalga oshirish tizimning harakatsiz vaqtini kamaytiradi. Zaxiralash davomida ma’lumotlardagi o‘zgarish yakuniy zaxira nusxasiga ta’sir qilmaydi. Ravshanki, zaxiralashni amalga oshirish vaqtida tizimning ishlash jarayoni sekinlashadi.
Sovuq zaxiralash. Ushbu zaxiralash usuli offlayn zaxiralash deb ham atalib, tizim ishlamay turganida yoki foydalanuvchi tomonidan boshqarilmagan vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu usul zaxiralashning xavfsiz usuli bo‘lib, ma’lumotlarni nusxalashda turli tahdidlardan himoyalaydi.
Iliq zaxiralash. Ushbu zaxiralashda tizim muntazam yangilanishni amalga oshirish uchun tarmoqqa bog‘lanishi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni akslantirish yoki nusxalash hollarida muhim hisoblanadi. Ushbu usulda ma’lumotlarni zaxiralash uzoq vaqt oladi va jarayon biror vaqt intervalida amalga oshiriladi (kundan xaftagacha).
Zaxira nusxalashda ma’lumotlarni saqlash manzilini tanlash muhim hisoblanadi. Zaxira nusxalarni quyidagi manzillarda saqlash mumkin.
Ichki (onsite) zaxiralash. Ushbu zaxiralash usuli tashkilot ichida amalga oshirilib, tashqi qurilmalar, lentali saqlagichlar, DVD, qattiq disk va boshqa saqlagichlardan foydalaniladi. Ichki zaxiralash qurilmalari zaxira saqlanuvchi ma’lumotlar hajmiga muvofiq tanlanadi.
Tashqi (offsite) zaxiralash. Tashqi zaxiralash mosofadagi manzilda amalga oshirilib, fizik disklarda ma’lumotlarni saqlash onlayn yoki uchinchi tomon xizmati orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bulutli tizimda zaxiralash. Ushbu zaxiralash usuli onlayn usuli deb ham ataladi. U zaxiralangan ma’lumotlarni ochiq tarmoqda yoki ma’lum serverda saqlaydi. Odatda ma’lum server vazifasini uchinchi tomon xizmati amalga oshirishi mumkin.
|
| |