Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 2,03 Mb.
bet78/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
Zaxira nusxalash. Hozirgi kunda ma’lumotlarning yo‘qolishi tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bo‘lib, buning natijasida tashkilot katta zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun, tashkilotdan muhim ma’lumotlarni muntazam zaxira nusxalab borish talab etiladi.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash – muhim ma’lumotlarni nusxalash yoki saqlash jarayoni bo‘lib, ma’lumot yo‘qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar:

  • zarar yetkazilganidan so‘ng tizimni normal ish holatiga qaytarish;

  • tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotlarni yo‘qolganidan so‘ng uni qayta tiklash.

Tashkilotlarda ma’lumotlar yo‘qolishi moliyaviy tomondan va mijozlarga aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy
kompyuterda esa shaxsiy fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli ma’lumotlarni yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi.
Ma’lumotlarni yo‘qolishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin:

  • Inson xatosi: qasddan yoki tasodifan ma’lumotlarning o‘chirib yuborilishi, ma’lumotlarni saqlash vositasini to‘g‘ri joylashtirilmaganligi yoki ma’lumotlar bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.

  • G‘arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarning modifikatsiyalanishi yoki o‘g‘irlanishi.

  • Tabiiy sabablar: energiyaning o‘chishi, dasturiy ta’minotning tasodifiy o‘zgarishi yoki qurilmaning zararlanishi.

  • Tabiy ofatlar: zilzila, yong‘in va h.

Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira nusxalash quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • muhim ma’lumotlardan yo‘qolgan va zararlangan taqdirda ham foydalanish;

  • tashkilotlarni o‘z faoliyatining to‘xtatilishidan himoyalash va ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda tiklash;

  • tashkilotdagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash.

Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi ma’lumotni to‘g‘ri tanlashdan boshlab, to ma’lumotni kafolatli tiklash jarayonigacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Turli tashkilotlarda zaxira nusxalash farq qilsada, ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin quyidagi hususiyatlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi:

  • ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi qurilmalardan ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. Ushbu qurilmalarga misol sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

  • agar tabiiy ofat natijasida ma’lumot yo‘qolsa, zaxira nusxalash strategiyasi faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan cheklanmasligi zarur. Tabiiy ofat yuz bergan taqdirda ham strategiya o‘zida ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart;

  • strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash uchun muhim qadamlardan iborat bo‘lishi kerak;

  • zaxira nusxalash narxining qimmat bo‘lmasligi tashkilot uchun moliyaviy madad hisoblanadi;

  • inson tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tezlik bilan oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak.

Tashkilotlarda zaxira nusxalarni saqlovchilarni tanlash umumiy muammolardan biri hisoblanib, mos bo‘lmagan zaxira saqlovchi vositaning tanlanishi ma’lumotlarning sirqib chiqishiga olib kelishi mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi ma’lumotlarning turiga bog‘liq va quyidagi omillarga asoslanadi:

  • Narx: har bir tashkilot o‘zining byudjetiga mos zaxira nusxalash vositasiga ega bo‘lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumotlar hajmidan katta hajmga ega vositalarga ega bo‘lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqaradi.

  • Ishonchlilik: tashkilotlar o‘z ma’lumotlarini buzilishsiz ishlaydigan zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga erishishlari kerak.

  • Tezlik: tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson aralashuvini imkoni boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini tanlashlari kerak.

  • Foydalanuvchanlik: ma’lumot yo‘qolganidan yoki zararlanganidan so‘ng zaxira nusxalash vositasidan foydalanishda muammolar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira nusxalash vositalarining doimo foydalanishga yaroqli bo‘lishiga e’tibor qaratishlari kerak.

  • Qulaylik: tashkilot foydalanish uchun qulay zaxira nusxalash vositasini tanlashi shart. Bu, o‘z navbatida, zaxira nusxalash jarayonida moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi.

Hozirda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini saqlashda quyidagi vositalardan foydalanilmoqda:
Optik disklar (DVD, Blu-ray). DVD disklar 8.55 GBaytgacha ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularda faqat o‘qish imkoniyati mavjud. Ushbu ma’lumot saqlagichlarining afzalligi narxining pastligi va foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Ko‘chma qattiq disklar/ USB xotiralar. Ko‘chma qattiq disklar DVD, Blu-ray disklarga qaraganda kichikroq hajmli zaxira ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Flesh disklar esa turli o‘lchamli bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash imkoniyatiga ega. Qattiq disklardan foydalanishning yana bir varianti – RAID (Redundant Array of Independent Disks) hisoblanadi.
Lentali disklar. Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun eng mos saqlagichlar bo‘lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira nusxalashni amalga oshiradi. Ushbu saqlagichlardan ma’lumotlarni va dasturlarni saqlash uchun foydalaniladi. Ushbu zaxira saqlagichi olib
yurish uchun qulay, foydalanuvchi ishtirokini talab etmaydi va to‘liq avtomatlashgan tarzda amalga oshiriladi. Uning asosiy kamchiligi oddiy foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy kompyuterlardan foydalanishi uchun qo‘shimcha apparat va dasturiy vositani talab qilishi.



    1. Download 2,03 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 2,03 Mb.