|
Test – baholanishi lozim bo‘lgan domen va konstrukt haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan topshiriq yoki topshiriqlar yig‘indisi.3
|
bet | 12/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)Test – baholanishi lozim bo‘lgan domen va konstrukt haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan topshiriq yoki topshiriqlar yig‘indisi.3
Shu o‘rinda aniqlik kiritish lozim: test – bu baholanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka yoki kompetensiya haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan har qanday topshiriq yoki topshiriqlar majmuyi. Bu topshiriqlar turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
yopiq test – berilgan javob variantlaridan to‘g‘risini tanlashni talab qiladigan topshiriq;
ochiq test – javob yozishni talab qiladigan topshiriq;
amaliy test – bajarib ko‘rsatishni talab qiladigan topshiriq.
Test – shunday tuzilishi lozimki, uni bajarish aynan baholanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka yoki kompetensiyani ishga solishni talab qilsin. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berishdan oldin o‘quvchining transport vositasini boshqarish ko‘nikmasini qay darajada egallaganini baholash uchun transport vositasini haydatib ko‘rish kerak, “men mashinani qanday boshqaraman?” mavzusida insho yoki bayon yozdirish orqali bu ko‘nikmani baholab bo‘lmaydi. Yoki o‘quvchining adabiyot fanidan qofiya va radifni farqlay olishini ko‘rmoqchi bo‘lsak, she’r berib, qofiya va radifni topishni so‘rash mumkin.
Baholanadigan domen (bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar majmuyi) va konstrukt (xususiyat)) aniqlanadi.
|
|
Domen va konstruktga mos test (topshiriqlar majmuyi) tuziladi.
|
|
Test topshiriqlari test topshiruvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida bajariladi.
|
|
Test topshiruvchining test topshiriqlarini bajarish sifatiga qarab test topshiruvchining domenni qay darajada egallagani haqida xulosalar chiqariladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Test – baholanishi lozim bo‘lgan domen va konstrukt haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan topshiriq yoki topshiriqlar yig‘indisi.3
|