• Haqqoniylik (ob’ektivlilik).
  • Ishonchlilik.
  • Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov




    Download 1,13 Mb.
    bet14/28
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #110513
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
    Bog'liq
    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)

    O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O‘quv maqsadlarining qo‘yilish darajasiga qarab, baholashning shakl va usullari tanlanadi. Shuningdek, o‘quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
    Har qanday baholash tizimini loyihalashtirishda, baholash topshiriqlarining berilgan ta’lim mazmuni doirasida bo‘lishi talab etiladi. Baholashni loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim:

    1. Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko‘zlangan o‘quv maqsadlarini to‘la aks ettiradimi?

    2. O‘quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to‘g‘ri tanlandimi?

    Masalan, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha olgan bilimlarni ba-holashda yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish malakalarini baholashda foydalanib bo‘lmaydi. Bu malakalar og‘zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslan-gan baholash usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiqdir.
    Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
    Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to‘g‘risida asoslangan va ishonchli axborot berish kerak. O‘lchanishi talab etiladigan narsalargina o‘lchanishi kerak. Ta’lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.
    Haqqoniylik (ob’ektivlilik). Bir xildagi ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‘yicha har xil ta’lim beruvchilar tomonidan bir xil baho berilgan hollardagina bunday topshiriq va test haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Ushbu mezonlar ko‘pincha markazlashgan holatda, o‘tkaziladigan yalpi «rasmiy testlar» paytida amalga oshiriladi, xolos. Ta’lim beruvchi tomonidan tuzilgan testlar esa odatda mazkur talablarni bajarmaydi.
    Baholash tizimi o‘quv maqsadlariga mos bo‘lishi, shuningdek baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan o‘quvchilar oldindan tanishgan bo‘lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
    Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobayiida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
    Baholash ishonchli bo‘lishi uchui ta’lim oluvchilarda bir-biriga o‘xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o‘tkazilganda, natijalari bir xil bo‘lishi kerak. Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning iatijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo‘lishi uchun – turli ekspertlar yordamida turli vaqtlarda, baholash o‘tkazilganda, uning iatijalari bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak.
    Baholash ishonchliligining ikkita tomoni bor:


    1. Download 1,13 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov

    Download 1,13 Mb.