|
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|
bet | 16/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)O‘rtacha baho berish xatosi. Bu xato ta’lim oluvchilarning nati-jalari o‘rtacha baholanishini bildiradi. Buning sabablari ta’lim beruvchining o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon baho berishdan qo‘rqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘z fikrini o‘zgartirmaslik xatosi. Ta’lim beruvchi o‘zining birinchi fikrini o‘zgartirishni xohlamasligi tufayli, u o‘z nazoratining natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Bir marta sodir bo‘lgan voqea tufayli ta’lim beruvchida biror ta’lim oluvchi to‘g‘risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik bu ta’lim oluvchining shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e’tibor bermasligiga olib keladi.
Yoqtirmaslik xatosi. Biror ta’lim oluvchini yoqtirmaslik yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga yomon baho qo‘yadi. Bu xato «Hayrixohlik xatosi»ning aksidir.
Ta’lim beruvchining baholashdagi xatolari oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak.
Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha:
Nazorat varag‘ini ishlab chiqish.
Baholovchining bir emas, balki ikkita bo‘lishi.
Baholash usullarini to‘g‘ri tanlash.
Samarali baholash tizimini qo‘llash.
Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni boricha yozma ravishda o‘tkazish va rasmiylashtirish.
Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qi-linishi maqsadga muvofiq bo‘lgan qoidalar:
Baholashdan oldin ta’lim oluvchilar bilan talabalar birgalikda va baho mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim.
Baho mezonlarga muvofiq qo‘yilgach, u ta’lim oluvchilarga ma’-lum qilinishi lozim.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan birgalikda olingan ba-holarning natijalarini va yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilishlari hamda ularning sabablarini aniqlashlari lozim. Ular xatolarning takrorlanmasligi chora-tadbirlarini belgilab olishlari lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|