• Umumiy xulosalar
  • -§. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni ……………………………….................................. 55 3.2




    Download 1,13 Mb.
    bet2/28
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #110513
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)

    3.1-§. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni ……………………………….................................. 55
    3.2-§. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari .................................................................................................. 67
    Uchinchi bob bo‘yicha xulosa........................................................................ 79
    Umumiy xulosalar........................................................................................ 81
    Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................... 84
    Ilovalar.......................................................................................................... 88


    KIRISH
    Magistrlik dolzarbligi. Dunyo miqyosida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ta’lim sifatini boshqarish uchun jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va axborot resurslaridan keng foydalanish, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim mazmunini xalqaro standartlar asosida tashkil etish masalalari alohida dolzarblik va ahamiyat kasb etmoqda. Bunda innovatsion texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini boshqarishning ahamiyati beqiyosdir.
    Bugungi kunda ta’lim sifatini boshqarishda muammosi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada umumta’lim muassasalarida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
    Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ta’lim sifatini boshqarish, unda tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari umumta’lim tizimini innovatsiyalash jarayoniga tatbiq etilmoqda. Respublikamizda “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
    Mamlakatimizda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini boshqarishni shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, ta’lim sifatini osharishning innovatsion usullarini belgilash, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda oid kompetensiyalarini rivojlantirish hamda umumta’lim muassasalarida foydalanishga oid ilmiy-nazariy tavsiyalar yaratishni taqozo etmoqda.
    Tadqiqot ishimizda ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi”. IV bob - Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, 44-maqsad: Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.

    • Maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash.

    • Toifaga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish.

    • Umumta’lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ishlarini davom ettirish.

    • Maktablarda direktor va uning o‘rinbosarlarini tayinlash tizimini maktab o‘qituvchilari va ota-onalarning ishtiroki ta’minlanishini nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish.

    • Xalq ta’limi tizimi tuman bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish hisobiga optimallashtirish.

    Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Ta’lim tizimini boshqarish haqidagi 3-bobida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida[5] belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
    Manbaalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarish o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan ta’lim tizimini boshqarish jarayonlarini takomillashtiriladi. Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.

    Download 1,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni ……………………………….................................. 55 3.2

    Download 1,13 Mb.