|
Ta’lim muassasasi ta’lim sifatini tashkil qilish, ta’minlash va boshqarish jarayonining yaxlit tizmi1
|
bet | 7/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)Ta’lim muassasasi ta’lim sifatini tashkil qilish, ta’minlash va boshqarish jarayonining yaxlit tizmi1
O‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi personal, ma’muriy xodimlar tarkibi
Moddiy texnik ta’minoti, binolar, ta’lim dasturlari, laboratoriya jihozlari
Pedagogik texnologiyalar, tarbiyaviy jarayonlar, axborot ta’minoti, nazorat
Me’yoriy xuquqiy va o‘quv-metodik ta’minot
motivatsiya
Umuman olganda tadqiqotchi to‘g‘ri va mukammal ta’lim sifatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni yaxlit namoyon qilyapti, albatta. Ammo keyingi paytlardagi global o‘zgarishlar ushbu bosqichlarga yana bir ko‘rsatkichni qo‘shib o‘rganilsa va tahlil etilsa, ta’lim sifatini nazariyasi ham va metodologik yondoshuvi ham keskin ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lar edi. Bizningcha, ushbu ko‘rsatkichlarga yana, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasasi o’quvchilari va o‘qituvchilar bilan o‘zaro tajriba almashish ko‘rsatkichini ham kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ta’lim sifati muammolarini hal etishda tizimli yo‘nalishdan foydalanib, barcha omillarni boshqarish zarur bo‘ladi. Bu zanjirdan biror-bir omilni tushib qolishi ta’lim sifatini boshqarish tizimining buzilishiga olib kelishi muqarrar. Ta’lim sifatini tahlil qilish va olingan ma’lumotlar asosida boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish ta’limning bir qator sifat tavsiflarini aniqlab olishni taqozo etadi.
Bizningcha, bilimlar hajmi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga muvofiq kelish lozim. Bunda bilimlar miqdori olingan axborot miqdori emasligini tushunish kerak. Bilimlar tuzulishi turli tipdagi bilimlar bilan fan va faoliyatning turli sohalariga mansublik nisbatini ifodalaydi. Bilimning unumdorligi va amaliy qiymati ularning uyg‘unligiga bog‘liq bo‘ladi.
Professional fikrlash uslubi bilimlarni boshqarish qobiliyatini aks ettiradi. Ko‘pincha talabalar o‘z olgan bilimlarini amaliy faoliyat vazifalari bilan bog‘lay olmaydilar. Bu yerda fikrlash uslubi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Kasbiy muammolar va vazifalarni yechishda vaqtni taqsimlash va undan foydalanish ko‘nikmasi ta’limda vaqt omilini belgilaydi. Bunda ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlarni olib borishning texnologik xaritasini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Unga muvofiq, mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi va talabalarga turli darajadagi rollar biriktiriladi. Ayniqsa yangi pedagogik texnologiyalarga asosan talaba mashg‘ulot davrida ustun mavqeaga ega bo‘ladi. Uning mashg‘ulotdagi faol ishtiroki ko‘proq axborotlarni o‘zlashtirishga imkon yaratadi.
Ta’lim jarayonida mutaxassisning kasbiy faoliyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda ustuvor omillar mavjud bo‘lib, ular uning tafakuridan mustahkam o‘rin oladi va keyinchalik uning ish uslubini belgilaydi.
Umumta'lim maktablarida ta’lim sifatini ta’minlash masalasi dunyoning barcha mamlakatlarida dolzarb muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi va ko‘plab mutaxassislarni qiziqishini o‘ziga jalb etadi.
Tadqiqotchi M. Davletovaning fikriga muvofiq, xalqaro amaliyotda ta’lim sifatining besh asosiy yo‘nalishi alohida ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
birinchi omil, ta’limning sifatini ta’minlash ta’lim muassasasining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Chunki, bunda ta’lim muassasasining bitiruvchisi mehnat bozorida raqobatchilarga nisbatan qulayroq mavqega ega bo‘ladi;
ikkinchi omil, ta’lim standartlariga muvofiqlilik yo‘nalishi ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning minimum talablariga javob berishini ta’minlaydi;
uchinchi omil, ta’limning sifatini ta’minlash ustuvor masalalardan hisoblanadi;
beshinchi omil, ta’lim muassasasi jamiyatga o‘zi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi. Bizning fikrimizcha, xalqaro tajribalarga tayanib ta’lim sifatining nazariyasi va metodologik yondoshuvlarini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish natijasida quyidagi sifat va ijtimoiy samaralarga erishish mumkin. Jumladan:
Biz mazkur bobda mamlakatimiz ta’lim tizimidagi muvjud ko‘rsatkichlar, rivojlanish bosqichlari, nazariy qarashlar va metodologik yondoshuvlarning mahalliy holatini o‘rganib, tahlil qilib har bir paragrafga mos ravishdagi xulosalar chiqarish, xulosalarga mos ravishdagi esa taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga muvofiq bo‘ldik. Xususan:
- o‘rganilgan va qayd etilgan ma’lumotlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy yo‘naltirilgan O‘zbek modeli mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida poydevor bo‘lib xizmat qiliyotganini e’tirof etish joiz;
- Respublika ta’lim muassasalari mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mo‘tadil hamda istiqbolda yanada rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
|
| |