|
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|
bet | 5/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1) Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarish zarurat ekanligini ilmiy-nazariy asoslandi.
Umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarishda ta’lim sifatini oshirish omillari o‘rganildi.
Umumta’lim maktablarining ta’lim sifatini boshqarish komponentlari aniqlandi, mezonlari, pedagogik imkoniyatlari takomillashtirildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijasida umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish rivojlantirishga oid ilmiy-pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish jarayonining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, texnologiyalari, uni tashkil etish yo‘llari, shakl va metodlari, o‘quv-biluv jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan ta’lim jarayonida foydalanildi.
Tadqiqot ishida ilmiy-amaliy asoslangan yondashuv va tavsiyalardan umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini tashkil etish, mazmunini boyitish, sifat va samaradorligini ta’minlash hamda ta’lim muassasalarining turkum fanlari bo‘yicha darsliklar, ma’ruza matnlari, maxsus kurslarning mazmuni, yangi usullarni tadbiq etishga doir usullar ishlab chiqildi.
Tadqiqot bosqichlari. Tadqiqot ishi 2020-2022 yillarda quydagi uch bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich (2020-2021 yillar)da mavjud holatni o‘raganish, tadqiqot uchun pedagogik muammo tanlandi; tadqiqotning maqsadi, vazifalari va ilmiy farazi belgilandi; ishlab chiqiladigan maxsus metodikani sinovdan o‘tkazish uchun tajriba maydonlari belgilandi, nazorat va tajriba guruhlari shakllantirildi.
Ikkinchi bosqich (2021-2022-yillar)da olib borilayotgan amaliy harakatlar mazmuni, shuningdek, mavjud holati o‘rganildi; umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishni rivojlantirishga oid maxsus metodika ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|