|
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|
bet | 8/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)birinchidan, o‘quv jarayonidagi boshqaruv tizimi zamonaviylashgan ko‘rinishni kasb etadi:
ikkinchidan, o‘quv jarayonida yuritiladigan xujjatlar qisqartiriladi va optimillashtiriladi;
uchinchidan, tayyorlanayotgan sog‘lom avlod shakllanadi;
to‘rtinchidan, ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasida intengratsiya kuchayishi bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalarining samaradorligi ham ortib boradi.
1.2-§. Ta'lim sifatini boshqarish yuzasidan xalqaro tajribalar tahlili
Ta'lim sifati va uni boshqarish masadalariga ilmiy nuqtai-nazardan yondashish xorijda XX asming 20-yillaridan boshlangan. Mazkur jarayonda ta'lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish usullarini izlash ishlari dastavval ijtimoiy boshqaruvning umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim sifati va uni boshqarish muammolari aksariyat tadqiqotlarda oliy ta'lim sistemasi va uni amalga oshiruvchi ta'lim muassasalari misolida tahlil qilingan. Ta'lim sifati muammolarini muhokama qilishda uning baholanishi, nazorati monitoringi, sifatning ta'minlanishi va boshqalar haqida so'z yuritiladi. Bu atamalarning ishlatilishiga aniqlik kiritish uchun ularning ingliz tilidagi ma'nosi va o'zbek tilida ularga mos keluvchi so'zlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Sifat nazorati (quality control) kutilayotgan sifatning muayyan darajasiga erishishga yo'naltirilgan sifatni baholashning tashqi protseduralarini belgilashda qo'llaniladi.
Sifat monitoringi (quality monitoring) sifatning u yoki bu mezonlari va indikatorlarini bevosita baholash yoki kuzatish protseduralarini ko'zda tutadi, sifat "darajasi"ni aniqlaydi, shuningdek, moddiy sarf-xarajatlarning samaradorligini
baholash bilan ham bogʻliq bo'ladi. Oliy ta'lim sifati mummolariga doir ingliz tilidagi nashrlarda qator bosqichlardan (rejalashtirish, baholash va monitoring, tahlil va boshqa bosqichlar) iborat ham tashqi, ham ichki baholashni - keng ma'nodagi sifatni baholash sistemasini anglatuvchi "quality assesment" atamasi ko'proq ishlatiladi. Tor ma'noda sifatni baholash protseduralarini belgilashda "quality evaluation", "quality audit", "quality judgement" kabi atamalar qo'llaniladi.
Shuningdek, Yevropada sifatni ta'minlash yoki sifat kafolati tarzida tarjima qilinishi mumkin bo'lgan "quality assurance" atamasi ham ishlatiladi. Sifatni ta'minlash sistemasi baholash bilan bog'liq bo'lgan bosqichlardan tashqari ularni joriy etish bosqichlarini takomillashtirishga doir izdanish va qaror qabul qilish bosqichlarini ham qumraboladi. Sifatni taminlash sistemasining eng muhim xususiyati uning davriylgi va takomillashib borishga moyilligidir.
Ta'lim sifatini baholash mummosi hamma vaqt dolzarb bo'lgan, faqat keyingi yillarda bu masala еchimiga sistemali majmuaviy tarzda yondashila boshlandi. Chet el olimlari va amaliyotchilari ta'lim sifatini tadqiq qilish doirasida ta'lim sifati tushunchasining o'zini aniqlashtirmoqdalar, baholash mezonlarini ishlab chiqmoqdalar, yuqori sifatni ta'minlovchi omillami tasniflamoqdalar, ta'lim sifatini boshqarish va monitoringi muammolarini o'rganmoqdalar.
Ta'limni baholashning o'zaro tan olinadigan sistemalarini joriy etish orqali taqqoslash imkonini beruvchi ta "ilm sifatini ta'minlash Yevropa mamlakatlari yagona ta'lim makonini shakllantirishning muhim shartlaridan biridir.
Dunyoda mavjud ta'lim sifatini baholash sistemalarini shartli ravishda ikkita modelga boʻlish mumkin. Birinchi model-oliy ta'lim muassasasining jamiyat va davlat oldidagi mas'uliyatini attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat qilish vositasida tashqi baholashga asoslangan "fransuzcha" modeli. Bunday model Skandinaviya mamlakatlari, Chexiya, Latviya, Estoniya va boshqa mamlakallarda qo'llaniladi. Ushbu mamlakatlarda davlat organlari tomonidan baholashning maqsadi shakllantiriladi, baholashning eng muhim jihatlari belgilanadi, ta'lim jarayonini tashkil etishga doir qarorlar qabul qilinadi. Ta'lim muassasasi tomonidan o'zini-o'zi baholashga yuzaki qaraladi, chunki asosiy e'tibor tashqi baholashni samarali o'tkazishga qaratiladi.
Tashqi nazorat meyyoriy va ilmiy jihatdan ta'minlanish borasida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgn bo'lsa-da, epizodik tarzda miqdoriy ko'rsatkichlarni aniqlashga asoslangani sababli mavjud muammo va yutuqlarni aniqlash, ta'lim sifatini oshirishni rejalashtirish imkonini bermaydi. Oliy ta'lim sifatini baholashning ikkinchi “inglincha” modelining asosini ta'lim muassasasi tomonidan o'zini-o'zi baholash tashkil qiladi. Bu model Buyuk Brisaniya, Germaniya, AQSh, Lotin Amerika mamlakatlarida qoʻllaniladi. Fransiyada oliy ta'lim mussasasi faoliyatining tashqi nazorati OTMlarni baholash bo'yicha Milliy qo'mita tomondan amalga oshiriladi. Mazkur qo'mitaning bosh vazifasi muayyan OTMlar va mamlakatdagi oliy ta'limning holatini davriy ravishda xolis baholashdan iborat. Baholash natijalari axborot va tavsiyaviy xarakterga ega bo'lib, dastlab prezident, parlament va hukumatga, so'ngra nashlar shaklida keng jamoatchilik e'tiboriga еtkazaladigan yillik hisobotlar tarzida bayon etiladi. Germaniya va Buyuk Britaniyada yaqin davrlargacha ta'lim sifatini ta'minlashdagi bosh rol o'quv massasalari va bo'linmalarining rahbarlari va o'qituvchilar tarkibining kompetentligi va mas'uliyatiga asoslangan ichki nazoratga ajratilgan edi. Gemaniyaning oliy ta'lim muassasalarida ichki nazorat, asosan, fakultetlar, anigrogi ulardagi o'quv jarayoniga javob benuvchi maxsus komissiyalar tomonidan olib borilar edi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|