• Nazariy ta’lim
  • Ishlab chiqarish ta’limining
  • Ko‘nikma
  • Amaliy mahorat (kompetensiya)
  • Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov




    Download 1,13 Mb.
    bet17/28
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #110513
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
    Bog'liq
    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)

    3. Talim jarayonida pedagogik o‘lchov asosida amaliy mahoratni va xulq-atvorni baholash

    Г
    O‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni ikkita mustaqil qismdan: nazariy ta’lim va ishlab chiqarish ta’limidan iborat.
    Nazariy ta’lim ta’lim oluvchilarning umumiy bilim, ijtimoiy, umumkasbiy va kasbiy fanlarni o‘rganishlarini o‘z ichiga olib, ularda o‘rganilayotgan kasbni ongli tarzda mustahkam va chuqur egallashlari uchun zarur hajmdagi bilimlar tizimini shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi.
    Ishlab chiqarish ta’limining asosiy vazifasi – kelgusida ma lakali kichik mutaxassis bo‘lib еtishadigan ta’lim oluvchilarni muayyan kasb yo‘nalishida bevosita faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashdan, ya’ni o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o‘rgatishdan, zarur kasb ko‘nikmasi va malakasini shakllantirishdan iborat.
    Ko‘nikma – ta’lim oluvchilarning mehnat jarayonidagi harakat-ni (yoki harakatlar majmuini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq bo‘lgan harakat usullaridan to‘g‘ri foydalanib muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati.
    Malaka – ta’lim oluvchilarning mehnat jarayonidagi harakatni (yoki harakatlar majmuini) aniq, tez va maqsadga muvofiq tarzda avtomatlashgan ko‘iikma deb ham atash mumkin.
    Amaliy mahorat (kompetensiya) – ishlab chiqarish standartlariga mos holda, real ish sharoitida biror topshiriqni yoki topshirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llash layoqati.
    Kasbiy malakalar quyidagi to‘rtta toifaga bo‘linadi:

    • Asosiy malakalar.

    • Maxsus malakalar.

    • Umumiy malakalar.

    • Individual malakalar.

    Asosiy malakalar. Muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha barcha malakali ishchilar (kichik mutaxassislar) egallashi lozim bo‘lgan alohida bilimlar va malakalar doirasi. Mazkur malakalarni ta’lim oluvchilar o‘qishni yakunlaganlaridan so‘ng, o‘z kasblari bo‘yicha faoliyat ko‘rsata olishlari hamda yuqori darajadagi mahoratga erishishlari uchun o‘zlashtirishlari talab etiladi.
    Maxsus malakalar. Ushbu malakalar ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan belgilanib, muayyan tarmoqning ixtisoslashtirilgan sohalarida qo‘llaniladi. Mazkur malakaga ega bo‘lish malakali ishchi (kichik mutaxassis) ning ishlab chiqarish tarmog‘ining aniq bir sohasi bo‘yicha ixtisoslashishiga imkon beradi.
    Umumiy malakalar. Ushbu malakalar aniq mutaxassislik bo‘yicha talab etilib, shu bilan birga boshqa kasb yo‘nalishlari uchun ham umumiy hisoblanadi. Misol uchun, chilangarlik ishlarini bajarish bo‘yicha malakalar.
    Individual malakalar. Yuqorida keltirilgan individual malakalar barcha kasblar uchun umumiy hisoblanib, muayyan kasbning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘shimchalar kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
    Ushbu malakalar barcha kasblar uchun qo‘llanilib, har bir malakali ishchi (kichik mutaxassis) xulq-atvorining ajralmas qismi hisoblanadi. Individual malakalarga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin:

    • Muloqotmandlik

    • Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat

    • Sharoitga tez moslashish

    • Jamoada ishlay olish

    • Mustaqil ishlay olish

    • Tashabbuskorlik

    • Muammolarni еcha olish

    • Rejalashtirish

    • Axborot to‘plash

    • Til bilish

    • Hisobot tayyorlash.

    Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha malakalar kasb-hunar kollejlarida barcha ta’lim oluvchilarda ishlab chiqarish nazorat qilish va baholash ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.


    Mazkur metodik ishlanmaning birinchi qismida ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini baholash shakllari, turlari vositalari to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan edi. Ushbu modulda biz ta’lim oluvchilarning amaliy mahorati va xulqini baholash xususida fikr yuritamiz.
    Baholash shakllari. Ta’lim oluvchilarning amaliy mahorati oldindan belgilangan aniq mezonlar asosida baholash shakli yordamida baholanadi. Me’yorga asoslangan baholash shakli amaliy mahoratni baholash uchun to‘g‘ri kelmaydi, sababi har bir ta’lim oluvchi mustaqil ravishda aniq bir amaliy topshiriqni ishlab chiqarish standartlariga, aniq mezonlarga muvofiq holda bajara olishi talab qilinadi. Bunda qiyosiy baho qo‘yish mumkin emas.
    Bundan tashqari amaliy mahoratni baholash ob’ektiv va sub’ektiv baholashlarga bo‘linadi. Ob’ektiv baholashda ikkita mezon qo‘llaniladi: «Ha» yoki «Yo‘q» («O‘tdi» yoki «O‘tmadi»), Masalan, «Suvoq qatlamlarining o‘rtacha qalinligi standartga mos keladimi yoki mos kelmaydimi?», «Elektrosxema ishlayaptimi yoki ishlamayaptimi?». Besh ballik tizimda natija ijobiy bo‘lsa «5», salbiy bo‘lsa «2» baho qo‘yiladi. Sub’ektiv baholashda sinov natijasi (biron bir mahsulot tayyorlash yoki faoliyatni amalga oshirish) qay darajada bajarilganligiga qarab, «5», «4», «3», «2» baholar qo‘yiladi.
    Amaliy mahoratni baholash 2 turga bo‘linadi:

    • Shakllantiruvchi (joriy va oraliq).

    • Yakuniy.


    Download 1,13 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov

    Download 1,13 Mb.