|
Me’yoriy (normaga asoslangan) baholashning afzalliklari
|
bet | 25/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)Me’yoriy (normaga asoslangan) baholashning afzalliklari:
O‘qituvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi.
Turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin.
Baho bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy tarzda olinadi.
Muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi.
Baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini aj-ratib olish imkonini beradi (masalan, kollejga kirish imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin.
Me’yoriy (normaga asoslangan) baholashning kamchiliklari:
Baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi.
Ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yadi.
Baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv tarzda belgilanishi mumkin.
Ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo‘yib yuborishga olib keladi. Bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy tarzda baholashning pasayishiga yo‘l ochib beradi.5
Baholash turlari. Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:
Boshlang‘ich baholash.
Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash.
Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash.
Boshlang‘ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchi-larning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmu-ni, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor (operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayoniniig ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.
|
| |