|
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|
bet | 23/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)Nimani baholash kerak?
Nazariy bilimlarni;
amaliy ko‘nikma va malakalarni;
xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak?
Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash);
ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash);
ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Baholashning asosiy xususiyatlari:
Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik;
muntazam o‘tkazib borish;
pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
BAHOLASH MEZONLARI, SHAKLLARI VA TURLARI
Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanilayotganda faoliyatning kognitiv sohasiga tegishli o‘quv maqsadlariga eri-shilganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholanilayotganda faoliyatning psixomotorik sohasiga, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanilayotganda esa – faoliyatning affektiv sohasiga tegishli o‘quv maqsadlariga erishilganlik da-rajalari aniqlanadi.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o‘zaro taq-qoslanishi, ya’ni o‘lchanishi lozim bo‘ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkichlar sonlar («besh», «to‘rt», «uch» va hokazo), so‘zlar («a’lo», «yaxshi», «qo-niqarli» va hokazo) yordamida tafsiflanishi mumkin. Boshqacha qi-lib aytadigan bo‘lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o‘zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
Mezonga asoslangan baholash
Me’yorga asoslangan baholash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|