|
Ta'lim sifatini belgilovchi asosiy omillar va mezonlar
|
bet | 27/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)2.Ta'lim sifatini belgilovchi asosiy omillar va mezonlar
Ta'lim ijtimoiy hayotning muhim sohasi hisoblanadi. Aynan ta'lim jamiyatning intellektual, madaniy va ma'naviy holatini shakllantiradi.
Ta'lim mazmuni va uning yo'nalishlari ta'lim standartlari va dasturlarida o'z aksini topadi. Ta'lim sifatini baholashda quyidagi ketma-ketlikdagi tashkil etuvchilar hisobga olinishi talab etiladi:
- bilim sohibi, tarqatuvchisi;
- bilim uzatuvchilari;
- bilimni uzatish texnologiyasi ;
- bilim oluvchi;
- bilimni mustahkamlik darajasi;
- olingan bilimlarni zarurligi, kerakligi;
- yangi bilimlar olish zarurligi va imkoniyati.
Ta'lim sifati birinchi navbatda bilim sohiblari, tarqatuvchilarining sifati, saviyasi va malakasi bilan belgilanadi. Bilim sohiblari deganda muayyan oliy o'quv yurtining professoro'qituvchilar tarkibi va ularning ilmiy salohiyati tushuniladi. Ular turli xil pedagogik texnologiyalar va uslublar yordamida bilim oluvchilarga bilim berishadi. Shu sababli bilimni uzatish texnologiyasining zamonaviyligi, u yordamida ta'lim oluvchilarni o'zlashtirish darajasi, olingan bilimlarni mustahkamligi, asoslanganligi ham muhim rol o'ynaydi. Bitiruvchi ishlab chiqarishga ishga joylashgach olingan bilimlarning nechog'lik zarurligi yoki kerakligini bilishi ham talab etiladi. Bu o'z navbatida ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish zarurligini taqoza etadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot yangidan-yangi mehnat vositalari va qurollarini yuzaga keltiradi. Shu sababli zamonaviy texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqarishga joriy etish, jahon bozoriga mos raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, bitiruvchi o'zining ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida yangi innovatsion texnologiya va texnikalarni ham uzluksiz o'rganib borishi talab etiladi, ya'ni bilimlar olish zaruriyati yuzaga keladi. Natijada talabaga bilim berish bilan bir qatorda uning mustaqil bilim olish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish ham zarur hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta'lim sifatini aniqlashda sifat ko'rsatkichlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin; professor-o'qituvchilar tarkibi sifati; o'quv yurtining material-texnik bazasi;
- o'qituvchilar tarkibining asoslanganligi;
- o'quv dasturlarining sifati;
- talabalar sifati;
- infratuzilma sifati;
- bilim sifati;
- rahbariyatning innovatsiya faolligi;
- innovatsion jarayonlarni tadbiq etilishi;
- bitiruvchilarga talab;
- bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligi;
- bitiruvchilarning yutuqlari.
O'qituvchilar tarkibini asoslashda albatta muayyan oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilarining ilmiy salohiyati hisobga olinadi. Ilmiy salohiyat ilmiy daraja va unvonli o'qituvchilar sonini asosiy shtatdagi umumiy o'qituvchilar soniga nisbati orqali foizda aniqlanadi. Shuningdek o'qituvchilar tarkibini baholashda ularning o'rtacha yoshi ham e'tiborga olinishi mumkin. O'quv dasturlarining sifati nafaqat ularni davlat ta'lim standarti talablariga javob berishi bilan, balki ularning mazmunini innovatsion xarakterda bo'lishi bilan ham baholanadi. Ta'lim oluvchilar sifati yakuniy natijaga ta'sir etuvchi eng asosiy va muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Chunki, ta'lim jarayoni markazida aynan bilim iste'molchilari- ta'lim oluvchilar turadi. Aynan shular uchun mashg'ulotlar o'tiladi, o'quv adabiyotlari yoziladi, yangi ta'lim texnologiyalari ishlab chiqiladi. Shu sababli ta'lim sifatini belgilashda ta'lim oluvchilar sifatiga ham e'tibor qaratish zarur va shartdir. Chunki ta'lim jarayoni natijasida aynan ana shular oxirgi sifatli intellektual mahsulot (kadr)ni berishi lozim. Ta'lim oluvchilar sifatini quyidagi ko'rsatkichlar bilan baholash mumkin: o'qiyotgan yo'nalishi bo'yicha kasbiy bilim darajasi (AL yoki KHKdagi bilim darajasi); axborot (kompyuter) texnologiyalarini bilish darajasi; chet tili bo'yicha bilimi; muayyan yo'nalish (mutaxassislik) bo'yicha o'qishga ishtiyoqi, qiziqishi; intellekti (aql,idrok va zakovati); ma'naviyati; iqtidori; xotira qobiliyati;
tartib-intizomi;
talabchanligi;
ish qobiliyati;
kuzatuvchanligi;
o'z mavqeini rejalashtirishi.
|
| |