III-Bob. UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDA – TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI




Download 1,13 Mb.
bet26/28
Sana03.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#110513
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)

III-Bob. UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDA – TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI
3.1. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini boshqarishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni
1. Ta'lim sifatining asosiy mazmuni
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo'ylab «Sifat inqilobi» yuzaga keldi. Dunyoning еtakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e'tiborni son va miqdorga emas, balki mahsulot sifatiga qarata boshlashdi. Sifat raqobatbardoshlikni ta'minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo'la boshladi. Sifat - umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo'lib, ularni qo'yilgan talablar va o'z vazifalariga to'liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste'mol-chilarning talablari bilan aniqlanadi. Sifatga e'tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo'lish mumkin: 1.XX asrning 60-yillari - bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil - mahsulot sifati. 2. XX asrning 70-yillari – mahsulot sifatidan shlab chiqarish texnologiyasi sifatiga o'tish bosqichi. 3. XX asrning 80-yillari- sifatni boshqarish tizimi bosqichiga o'tish davri. 4.XX asrning 90-yillaridan boshlab ta'lim sifati, intellektual resurslar sifati, inson hayoti sifati - asosiy omil sifatida namoyon bo'la boshladi. Ta'lim sifati – ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta'lim jarayonining holati va natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligini shakllanishi va rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta'lim sifati ta'lim muassasasining o'quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar majmui orqali baholanadi. Ushbu ko'rsatkichlarga ta'lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim mazmuni, o'qitish shakli va uslublari, materialtexnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi. Ta'lim sifati -inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo'ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir. Oliy ta'limda ta'lim sifati - ta'lim modelining kontekstual ko'rsatkichlari, institutsional maqsad va vazifalari hamda ta'lim tizimining aniq standartlari, ta'lim muassasalari, o'quv dasturlari va fanlari bilan bog'liq bo'lgan ko'p qirrali, ko'p darajali dinamik tushunchadir.
Bilim sifati – o'quv jarayonini tugatgandan so'ng olingan bilimlarning fundamentalligi, yuqoriligi va ish jarayonida qanchalik kerakliligi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ta'lim-tarbiya sifati o'ta muhim, muammoli va dolzarb masala hisoblanadi. Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar va iqtisodiy ko'rsatkichlar aynan ta'lim sifati darajasiga bog'liq holda rivojlanadi. Qolaversa, ta'lim sifati davlat va jamiyat taqdirini, butun insoniyat taqdirini belgilab beradi. Shu sabali ham ta'lim sifatini -hayot sifati deb izohlash xato bo'lmaydi. «Ta'lim sifati» atamasi quyidagi omillarga bog'liq holda turlicha ahamiyat kasb etadi:  oliy ta'lim ishtirokchilarining manfaatlari;  kirish ma'lumotlari, ta'lim-tarbiya jarayonlari, chiqish ma'lumotlari, maqsad va vazifalar kabi tushunchalarning o'zaro nisbati;  baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi;  oliy ta'limning tarixiy rivojlanish davri. Shuningdek, ta'lim sifati atamasi quyidagi turli darajadagi aniqlanishlarga ham ega:  sifat – eng yuqori ko'rsatkich sifatida;  sifat – maqsadga to'liq erishilgan faoliyat shaklida;  sifat–yaxshilangan va takomillashtirilgan faoliyat shaklida. Yuqorida keltirilgan «ta'lim sifati» to'g'risidagi aniqlanishlar ta'lim sohasidagi islohotlarning tarixiy davriga bog'liq holda o'z afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Ta'lim sifati absolyut va nisbiy tushuncha sifatida qaralishi ham mumkin. Ta'lim sifatining absolyut tushunchasida ta'lim muassasasining statusi, mavqei va ustunligini aks etishi nazarda tutiladi. Bunday ideal tushuncha ta'lim muassasasi imidjining rivojlanishi va mustahkamlanishiga sharoit yaratadi va ta'lim sifati ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori darajadagi ta'lim standartiga intilishini ifodalaydi. Ta'lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ham qaralishi mumkin. Bunda sifat ta'lim xizmatning asosiy atributi (ajralmas qismi, asosiy xususiyati) deb hisoblanmaydi va ta'lim jarayonini davlat ta'lim standartiga mos kelishi bilan baholanadi. Shu sababli ta'lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ikki xil ma'noda belgilanishi mumkin:

- ta'lim xizmati iste'molchilarining rasmiy talablariga mos kelishi. Birinchi tushuncha ishlab chiqaruvchi (ta'lim muassasasi) nuqtai nazaridan sifatni belgilasa, ikkinchisi esa iste'molchi, ya'ni ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sifatni baholaydi. Lekin, ko'pincha ta'lim xizmati sohasi va iste'molchilarning manfaatlari va sifat tushunchasi yuzasidan qarashlari bir-biriga to'liq mos kelmaydi. Shu sababli ta'lim muassasalarida ta'lim sifati muammosiga ikki xil nuqtai nazardan qarashlari talab etiladi:
- ta'lim muassasasi nuqtai nazaridan. Bunda marketing tadqiqotlar yo'nalishi – ta'lim jarayonini davlat ta'lim standartiga mosligi bilan belgilanadi.
- ta'lim xizmati iste'molchilari nuqtai nazaridan. Marketing tadqiqotlar yo'nalishi - ta'lim xizmati iste'molchilari talablarini qondirilish darajasi orqali baholanadi.
Ta'lim sifatiga baho berishda ta'lim samaradorligi tushunchasini ham e'tiborga olish talab etiladi. Ta'lim sifati va samaradorligi tushunchalarini aniqlovchi mezonlar biro-biridan qanday farq qiladi? Sifat – olingan natijaning maqsadga nisbati (yoki teskarisi), samaradorlik- olingan natijaning xarajatlarga nisbati bilan baholanadi.
Ta'lim sifati va ta'lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta'limga qanchalik ko'p mablag' sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo'ladi. Ta'lim samaradorligini belgilashda eng optimal xarajatlar hisobida yuqori ta'lim sifatiga erishish talab etiladi.

Download 1,13 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-Bob. UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABLARIDA – TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI

Download 1,13 Mb.