|
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|
bet | 24/28 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #110513 |
Bog'liq Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgai baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘quv maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi.
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:
O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi.
Ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini ob’ektiv baholaydi.
Ta’lim oluvchi olgan bahosida yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rsatib beradi.
Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi.
Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini oshiradi.
Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarni o‘rnatadi.
Talim mazmunini aniqlab beradi.
Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’u-liyatini oshiradi.
Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklari:
Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi.
Mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniq-lashtirishga nisbatan talablar sonining ko‘pligi.
Ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqish-da qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Me’yorga asoslangan baholash – nisbiy baholash shakli bo‘lib, u baholashda so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijadarini o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat.
1-rasm.
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkin-chi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Me’yorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta’lim olish shart-sharoitiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchida xayrihohlikning paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘ta qat’iyligi sababli ham baho o‘zgarishi mumkin (1-rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov
|