• Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari
  • Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov




    Download 1,13 Mb.
    bet18/28
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #110513
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
    Bog'liq
    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universite (1)

    Shakllantiruvchi baholashning o‘zi ham ikkiga bo‘linadi: joriy va oraliq baholash.
    Joriy baholash ishlab chiqarish talimi jarayonida amalga oshi-rilib, unda ta’lim oluvchilarda muayyan mutaxassislik bo‘yicha bosh-lang‘ich ko‘nikmalar qay darajada shakllanayotganligi nazorat qilina-di hamda qaytar aloqalar ta’minlanadi. Bunda ta’lim oluvchilar oddiy mehnat operatsiyalarini bajarish orqali baholanadilar.
    Oraliq baholashda ta’lim oluvchilarga bir nechta mehnat opera-siyalarini o‘z ichiga olgan kompleks ishni bajarish topshiriladi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi natijaga qarab, aniq mezonlar asosida ularni baholaydi.
    Yakuniy baholash kurs yakunida, ta’lim oluvchilar real ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tganlaridan so‘ng amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus imtihon komissiyasi tuzilib, unga ishlab chiqarishdan muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis-lar jalb etiladilar. Yakuniy baholash natijalari diplomda qayd etiladi.
    Ta’lim oluvchilarning xulq-atvorlarini baholash ham shakl-lantiruvchi hamda yakuniy baholashlarni o‘z ichiga olib, buning uchun alohida baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
    Baholash usullari:

    • Amaliy topshiriq.

    • Modellashtirish.

    • Vazifa.

    • Loyiha.

    Xulq-atvorni baholash usullari:

    • Amaliy topshiriq.

    • Modellashtirish.

    • Intervyu.

    • Hisobot tayyorlash.4

    1. Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari

    XX asr boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa boshqa mamlakatlarda ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotda qo‘llash borasida muayyan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu harakatlar kvalimetriyaning ilmiy fan sifatida maydonga chiqishiga va tadqiqot ko‘lami kengayishiga turtki bo‘ldi.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov

    Download 1,13 Mb.