Вазирлиги




Download 101,09 Mb.
bet73/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

17.4 Avtomat keskich.


Zamonaviy g‘isht ishlab chiqarish texnologik tizimlari rivojlanib, ish unumdorligi ortib bormoqda. Bir dona g‘ishtni qoliplash sikli 0,2 ...0,3 sekundni tashkil etmoqda. Shu vaqt ichida loy brusni 2 ... 4 mm aniqlikda kesish talab qilinmoqda.
Hozirgi kunda brusni kesishning ikki xil usuli – bir va ikki bosqichli kesishdan foydalaniladi.
Birinchi usul – brusni alohida g‘ishtlarga uning harakati vaqtida kesishni amalga oshiradi.
Ikkinchi usulda esa avval ma’lum bir o‘lchov uzunligidagi xomaki mahsulot (zagotovka) kesib olinib, keyin u alohida g‘ishtlarga bo‘linadi.
Eng ko‘p tarqalgan brus kesuvchi mashinalardan biri yakka torli (bir dona po‘lat simli) SMK – 163A markali avtomat keskich bo‘lib uning sxemasi 17.9 – rasmda keltirilgan.


17.9-rasm. Avtomat-qirqgich
a – Avtomat qirqgichning umumiy ko‘rinishi; b – kinematik sxemasi:
1-stanina (Avtomat-qirqgichning barcha detallari, mexanizmlari o‘rnatilgan asos); 2 – kamonsimon moslama (smыchok); 3 – to‘siq; 4,7,17,28 – vallar; 5 – elektrodvigatel; 6,18,23,32 – shesternyalar;
8,34 – richaglar, 9,10 – krivoshiplar, 11 – povodok(tasma, jilov), 12 – tyaga(mexanizmning tortish quvvatini bir qismidan ikkinchisiga uzatib beruvchi uzun o‘q); 13,15,16 – kulachoklar, 14 – sergi;19 – friksion;20 – to‘xtatuvchi disk, 21,22,24 – prujinalar; 25 – gilza, 26 – plastina, 27 – konveyer, 29 – zanjirli uzatma, 30 – baraban, 31 – shayba, 33 – pales.

Avtomat – keskich stanina 1, kesuvchi torni ushlab turadigan kamonsimon moslamani harakatga keltiradigan 4 va yetaklovchi val 7, kamonsimon moslama (smыchok) 2, konveyer va elektrodvigatel harakatini sinxronlovchi mexanizm 5 dan tashkil topgan.


Avtomat keskich elementlarining harakati 3 ta kinematik zanjir orqali amalga oshadi.
Ulardan biri kesuvchi organ (smыchok) ning ilgarilanma – qaytalanma harakatini ta’minlaydi. Ikkinchi kinematik zanjir bo‘yicha esa kamonsimon moslama vali 7, shesternyalar 18,23, friksion va krivoshli 9,10 krivoship – shatunli mexanizmlar orqali elektrodvigatel 5 dan harakatlantiriladi.
Qirqish vaqtida kamonsimon moslama valning burilishi va ilgarilanma – qaytalanma harakatlarning mos kelishi tezlikni o‘zgartiruvchi pereklyuchatel va friksion qurilmalardan tashkil topgan sinxronlash mexanizmining kinematik zanjiri tomonidan amalga oshiriladi.




Download 101,09 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Download 101,09 Mb.