• 17.2-rasm. Qutisimon ta’minlagich
  • 17.4 – rasm. Gilqorgich
  • -rasm. G‘isht zavodi texnologik sxemasi




    Download 101,09 Mb.
    bet70/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    17.1-rasm. G‘isht zavodi texnologik sxemasi
    1-tuproq kar’yeri; 2-ko‘p kovshli ekskavator; 3-tuproq uyumi; 4-saralagich; 5-maydalagich; 6-qo‘shimcha uyumi; 7-begun; 8-valikli maydalagich; 9-shnekli press; 10-qirqgich; 11-uzatgich; 12-vagonetka; 13-quritish kamerasi; 14-tunel pechi; 15-avtokara; 16-tayyor g‘isht ombori;



    17.2-rasm. Qutisimon ta’minlagich
    1-urgich; 2-shiber; 3-tana; 4-plastinkali konveyer;
    5-elektromotor; 6-reduktor





    17.3-rasm. Dezintegratorli valiklar
    1-maydalovchi valik; 2-uzatuvchi valik; 3-ajratilgan qo‘shimchalar

    Yarim quruq usulda xom ashyo materiallari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil odatda quritish barabanlarida quritiladi, quriqlayin tuyish mashinasida dezintegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi. Kurakli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Xom ashyo materiali kerakli namlikka ega bo‘lmaguncha suv yoki bug‘ bilan namlanadi.


    v)


    17.4 – rasm. Gilqorgich
    a – aralashtirgichning konstruktiv tuzilishi ; b – parraklarni qotirish sxemasi: v – aralashtirgichning umumiy ko‘rinishi
    1 – korpus, 2 – qorish kamerasi, 3 – val, 4 – loy massasini namlantirish uchun suv quvuri , 5 – parraklar, 6 – yuklash tirqishi, 7 – tishlt uzatma, 8 – reduktor, 9 – friksion mufta, 10 – elektrodvigatel, 11 – kojux, 12 – kondensatsiya silindri, 13,16 – quvir, 14 – taglik (dnisha), 15 – yuklash qismi, 17 – bug‘ tarqatgich, 18 – konussimon pales.

    Yarim quruq presslab tayyorlangan qurilish g‘ishti, pol plitkalari, qoplama plitkalar va boshqalar tayyorlashda xom ashyo aralashmasi tayyorlashning yarim quruq usulidan foydalaniladi.
    Shliker usulda xom ashyo materiallar oldindan maydalab kukun qilinadi, so‘ngra esa ko‘p miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli suspenziya (shliker) hosil bo‘lishi kerak. Bu usul chinni va fayans buyumlar, qoplama plitka va boshqalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
    Buyumlarni qoliplash. Qoliplash usulini tanlash buyumlar turiga, xom ashyoning tarkibi va fizik-mexanik xossalariga bog‘liq. Plastik usulda qoliplashda namligi 16-25% qilib tayyorlangan gil massasi lentali pressning qabul qilish bunkeriga yo‘naltiriladi. Massa shnek yordamida qo‘shimcha aralashtiriladi, zichlanadi va almashinuvchi mundshtug bilan jihozlangan pressning chiqish teshigi orqali brus ko‘rinishida siqib chiqariladi. Pressdan to‘xtovsiz chiqayotgan brusni tayyorlanayotgan buyumlarning o‘lchamlariga muvofiq avtomatik kesish qurilmasi uni qirqib ajratadi.
    Yarim quruq usulda har bir buyum alohida yuqori unumli presslarda qoliplanadi, bunda press xom ashyo materialini qoliplarda 15 MPa bosim ostida ikki tomonlama presslanishini ta’minlaydi.
    Quyish usuli sanitariya texnik fayans va qoplama plitkalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bu usulda namligi 45% dan ortiq, oldindan maydalangan gil massasi (shliker) maxsus qoliplarga quyiladi yoki plitkalarni qoliplashda foydalaniladi.
    Buyumlarni quritish. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin. Tabiiy usulda quritish yoqilg‘i sarflashni talab qilmaydi, lekin uzoq vaqt (6-12kun) davom etadi va havoning harorati va namligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik zavodlarda kamerali quritgichlarda va uzluksiz ishlaydigan tunelli quritgichlarda sun’iy usulda quritiladi. Quritgichlarda pishirish pechlarining tutun gazlari va maxsus o‘txonalarda hosil bo‘ladigan gazlardan foydalaniladi. Xom ashyoni quritish muddati 1 dan 3 kecha kunduzgacha davom etadi, yupqa buyumlar esa bir necha soatda quritilishi mumkin.
    Buyumlarni pishirish. Pishirish jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin. Xom ashyoni qizdirish (100-120 0S gacha), pishirish (900-11000S) va sovutish. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa pechlarda pishiriladi.
    Halqasimon pechlar bir necha kameralardan iborat bo‘lib, ularning miqdori uning unumdorligiga qarab 16 dan 36 gacha o‘zgarib turadi. Bunda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish temperaturasi 900-1100 0S, pishirish jarayoni 3-4 kecha kunduz davom etadi. Halqasimon pechlarning asosiy kamchiligi mehnat sharoiti og‘irligi va ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish qiyinligidir.
    Tunel pech uzunligi 100 m gacha bo‘lgan, boshi va oxiri ochiq kanaldan iborat bo‘lib, unda pishiriladigan buyumlar joylangan vagonetkalar relslarda harakatlanadi. Tunel pechda halqasimon pechdagi kabi texnologik zonalar bo‘ladi. Lekin tunel pechda zonalar bo‘ylab buyumlar siljiydi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Sirlangan qoplama fayans plitkalar ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsollarga joylashtiriladigan plitkalar 1240-1250 0S haroratda pishiriladi. So‘ng sovutilgandan keyin navlarga ajratiladi, sir qatlami yuritiladi, kapsulga joylashtiriladi va ikkinchi marta boshqa tunel pechda 1140 0S haroratda pishiriladi.
    Keramik buyumlar pechdan chiqarib olingandan keyin navlarga ajratiladi va omborga saqlash uchun yuboriladi.

    Download 101,09 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. G‘isht zavodi texnologik sxemasi

    Download 101,09 Mb.