• 16-bob. Asbest-sement quvurlari qoliplovchi mashinalar
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




    Download 101,09 Mb.
    bet67/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



    1. Asbest-sement mahsulotlari olish uchun qanday xom ashyo ishlatiladi ?

    2. Asbest-sement mahsulotlari olish texnologiyasini ayting

    3. Asbest-sement suspenziyasi qaysi mashinalarda olinadi ?

    4. Begunlar tuzilishi va ishlashini ayting

    5. Gollenderda qanday mahsulot olinadi ?

    6. Turboaralashtirgich qanday tuzilgan va qanday ishlaydi ?

    7. Tayyorlangan asbest-sement suspenziyasi qayerda aralashtirilib turiladi ?

    8. Varaq qoliplovchi mashina qanday tuzilgan va qanday ishlaydi ?

    9. Varaq qoliplovchi mashinaning unumdorligi qanday hisoblanadi ?

    10. Varaq qoliplovchi mashina yuritmasining quvvati nimaga sarflanadi va qanday hisoblanadi ?

    16-bob. Asbest-sement quvurlari qoliplovchi mashinalar

    16.1. Asbest-sement quvurlari qoliplovchi mashinaning konstruktiv sxemasi va ishlash asoslari.


    Asbest-sement quvurlari 3,4,5 metr uzunlikda va tashqi diametri 100-600 mm bo‘ladi; maxsus buyurtmalarga binoan quvurlar 1000 mm diametrda ham tayyorlanib berilishi mumkin.
    Asbest-sement quvurlariga yuqoriroq talablar qo‘yilishi sababli, ular yupqaroq plyonkadan o‘qlovga o‘rash yo‘li bilan olinadi. Quvurlar olish uchun asbestning ham yuqoriroq navlari ishlatiladi. Barcha quvur qoliplovchi mashinalar ta’minlash apparati, bosim ekipaji, o‘qlovni uzatish va yechish mexanizmi, asbestsement quvurini qoliplovchi o‘qlovdan ajratish mexanizmi, yuritma va kalandrdan iborat bo‘ladi.
    Quvur qoliplash mashinasi sxemasi 16.1-rasmda keltirilgan. Mashina quyidagicha ishlaydi.
    Asbest-sement suspenziyasi cho‘michli aralashtirgichdan aralashtirgich 16 ga beriladi va u yerdan setkali silindr 19 ning vannasi 17 ga tushadi. Vannada suspenziya cho‘kib qolishining oldini olish maqsadida ikkita aralashtirgich 18 o‘rnatilgan. Setkali silindr yuzasidagi asbest-sement plyonka ishchi movut 21 yuzasiga o‘tkaziladi va u vakuum quti 9 yordamida suvsizlantiriladi. So‘ng plyonka sozlovchi valik 29 dan o‘tib tayanch val 2 da joylashgan o‘qlov 3 ga o‘rala boshlaydi. Tayanch val 2 maxsus yuritmadan harakatlanadi.
    Asbest-sement plyonka o‘qlovga o‘ralib, quvurni shakllantiradi. Plyonkadan bo‘shagan movut yuvgich 28 yordamida suv bilan yuviladi, suv va asbest-sement plyonkaning qoldiq zarrachalari vakuum-quti 27 yordamida so‘rib olinadi. Movut yana setkali silindr yuzasiga boradi va yangi plyonka shakllanadi.
    O‘qlovda shakllantirilayotgan quvur bosim ekipaji 5 ning vallari 4 yordamida siqiladi va plyonka ushbu vallarga o‘ralib ketishining oldini olish maqsadida yuqori movut 8 ishlatiladi. Movut 8 vaqti – vaqti bilan quvurcha 10 tomonidan suv bilan yuvilib turiladi.




    Download 101,09 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    Download 101,09 Mb.