• 15.4-rasm. Turboaralashtirgich
  • Вазирлиги




    Download 101,09 Mb.
    bet64/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    15.3-rasm Gollender sxemasi.
    1 – vanna; 2 – to‘sqich; 3 – val; 4 – elektrodvigatel; 5,6 – lyuk; 7 – osish ramasi; 8 – yo‘naltirgich; 9 – uzatma; 10 – vint; 11 – qobiq; 12 – podshipnik tanasi; 13 – podshipnik; 14 – shkiv; 15 – gayka; 16,18 –val; 17 – disk; 19 – qaytargich; 20 – planka; 21,25 – pichoqlar; 22 – vanna tubi; 23 – baraban; 24 – taroq.

    Gollender davriy ishlaydigan mashina bo‘lib, unda asbest, sement va suv aralashtirilib, suspenziya olinadi. Gollenderning asosiy qismlariga vanna, pichoqli baraban, pichoqli taroq, baraban yuritmasi, barabanni ko‘tarib-tushiruvchi mexanizmlar kiradi.


    Turboaralashtirgichda esa asbest-sement suspenziya uzluksiz tayyorlanadi. Uning sxemasi 15.4-rasmda keltirilgan.
    Turboaralashtirgich silindrsimon tanadan, propellerli aralashtirish moslamasidan, nasosdan, qabul qilish va bo‘shatish moslamalaridan tashkil topgan. Propellerning diametri 500 mm ga teng, aylanish tezligi 650 ayl/min. Turboaralashtirgichning to‘liq hajmi 4,6 m3, aralashtirgich yuritmasining quvvati 17 kVt.
    Sement voronka 4 orqali turboaralashtirgichga yuboriladi va u yerga berilayotgan asbest va suv bilan aralashma (suspenziya) hosil qiladi. Tayyorlangan massa konsentratsiyasi 21-26 % bo‘ladi.

    15.4-rasm. Turboaralashtirgich
    1-silindr; 2 – propellerli moslama; 3 – nasos; 4 – qabul qilish voronkasi; 5 – bo‘shatish klapani

    15.3. Asbest-sement varaq qoliplovchi mashinaning konstruktiv sxemasi va ishlash asoslari


    Asbest-sement varaq qoliplovchi mashina sxemasi 15.5-rasmda keltirilgan.
    Mashina uchta setkali silindr vannalari 1,2,3 dan va ularda joylashgan setkali silindrlardan tashkil topgan. Setkali silindr yuzalariga ishchi movut 6 gauch-vallar 5 yordamida qisiladi. Asbest-sement suspenziyasi qatlamma-qatlam format barabanga 10 ga o‘raladi. Har bir vannaning pastki qismida suspenziya cho‘kib qolishining oldini olish uchun kurakchali aralashtirgichlar o‘rnatilgan. Asbest-sement plyonkasini suvsizlantirish uchun vakuum-qutilar 7 va 21 xizmat qiladi.
    Mashina quyidagicha ishlaydi. Setkali silindr yuzasidan 0,4 mm qalinlikdagi suspenziya ishchi movut 6 yuzasiga o‘tkaziladi va unda harakat qiladi. Yo‘lda suspenziya vakuum-quti 7 yordamida ortiqcha suvdan bo‘shatiladi va format baraban 10 ga o‘raladi. O‘rama qalinligi yetarli miqdorga kelganida, qalinlik o‘lchagich 9 roligi aylana boshlaydi va elektr signalni o‘rama qirqgichga beradi va u o‘ramani yoyib yuboradi.






    Download 101,09 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




    Download 101,09 Mb.