• 17.7. Quritilgan g‘ishtni pishirish uchun paketlarga taxlash.
  • Halqasimon pechlar tuzilishi va ish prinsipi




    Download 101,09 Mb.
    bet75/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    17.6. Halqasimon pechlar tuzilishi va ish prinsipi.


    Halqasimon pechlar uzluksiz ishlovchi qurilmalar bo‘lib, ularda pishirilayotgan material harakatlanmaydi. Halqasimon pech kanallari bo‘ylab yoqilg‘i zonasi siljib boradi.
    Afzalliklari: Qattiq suyuq va gazsimon yoqilg‘ilardan foydalanish mumkin, iqtisodiy jihatdan o‘ta samarali. Past sortli yoqilg‘idan ham foydalanish mumkin.
    Kamchiliklari: Fizik – jismoniy mehnat sarfining ko‘pligi, qoniqarsiz sanitariya – gigiena sharoiti, pech ichidagi ishlarni mexanizatsiyalashning qiyinligi, pishirish kanali qirqimi bo‘yicha pishirishning notekisligi.
    G‘isht va keramik toshlar ishlab chiqarishda gumbazli halqali pechlar keng qo‘llaniladi. Shunga qaramasdan tepasi ochiladigan halqali pechlarda mahsulotni yuklash va chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish imkoni mavjud.



    17.12 – rasm. Halqasimon pech tuzilishi.
    1 – kran balka, 2 – qiskich, 3 – g‘isht terilgan paket, 4 – pech, 5 – tom yopgich plita.

    17.7. Quritilgan g‘ishtni pishirish uchun paketlarga taxlash.


    Quritish kamerasida quritilgan g‘ishtlarni tushirish va g‘isht pishirish pechlariga kiritish uchun paketlarga taxlash “ avtomat – sadchik” deb nomlanuvchi g‘isht terish mashinalari yordamida bajariladi.
    17.13 – rasmda keltirilgan avtomat g‘isht tergich ramkasining uzunligi 930... 1100 mm bo‘lgan konsolli quritish vagonetkalaridan, qurigan g‘ishtlarni tushirish va kengligi 2 m bo‘lgan, tunnel pechiga g‘ishtni pishirish uchun olib kiradigan vagonetkalarga terishda ishlatiladi.
    Avtomat g‘isht tergich quyidagicha ishlaydi.
    Quritgish vagonetkasi 6 tekislagich 8 orqali o‘tib, zanjirli konveyer yordamida tushirish qurilmasiga uzatiladi. U yerda zanjirli ko‘targich 5 yordamida konveyer 12 dan tushirib olinadi. So‘ngra vagonetka yuqoriga ko‘tarilib, uning pastki ramkalari satxi qabul stoli 13 satxiga tenglashtiriladi. Turtgich 7 g‘ishtni ramkadan stol 13 ga turtib o‘tkazadi, u yerdan turtgich 14 yordamida komplektlovchi stol 10 ga o‘tkaziladi. Zanjirli ko‘targichning har bir qadamida turtkich 7 yordamida quritish vagoni yaruslaridagi g‘isht turtib o‘tkaziladi.




    Download 101,09 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Halqasimon pechlar tuzilishi va ish prinsipi

    Download 101,09 Mb.