• 17.5-rasm. Lentali press kinematik sxemasi
  • 17.6-rasm. Lentali pressning konstruktiv tuzilishi
  • Plastik usulda qoliplash uchun lentali presslar: tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari




    Download 101,09 Mb.
    bet71/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    17.2. Plastik usulda qoliplash uchun lentali presslar: tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari


    Lentali pressning asosiy vazifasi namlantirilgan tuproqni plastik qoliplash va lenta holidagi brus hosil qilish. Lentali press quyidagi qismlardan iborat. Yuritma, aralashtirish kamerasi, vakuum-kamera, qoliplash qismi. Lentali pressning ishchi elementlari quyidagilardan iborat. Elektromotor, friksion mufta, reduktor, aralashtirgich, konusli shnek, pichoq, ta’minlovchi valik, press shneki, presslash kallakisi, mundshtuk, shnekli val.
    17.5-rasmda lentali pressning kinematik sxemasi, 17.6-rasmda esa konstruktiv tuzilishi ko‘rsatilgan.



    17.5-rasm. Lentali press kinematik sxemasi
    1-elektromotor; 2-mufta; 3-reduktor; 4-yetaklovchi yulduzcha;5-yetaklanuvchi yulduzcha; 6-ta’minlovchi valik; 7-silindr qismi; 8-loy aralashtirgich; 9-parrakli val; 10-shnekli val; 11- zanjirli uzatma; 12-mufta.
    Lentali press quyidagicha ishlaydi. Gil tuproq aralashtirgichda parraklar yordamida aralashtirilib, namligi 18-25% qilib tayyorlangandan so‘ng, aralashtirgich kurakchalari yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirgich valining oxirgi uch qismida konusli shnek joylashgan bo‘lib, u yaxshilab aralashgan loy massasini vakuum-kamera tomonga yo‘naltirib beradi. Loy massasi vakuumlanganda undan qisman havo so‘rib olinadi. Natijada loy massasining plastikligi ortadi va qoliplash namligi kamayadi, xom ashyo quritish vaqti qisqaradi va mustahkamligi ortadi.

    17.6-rasm. Lentali pressning konstruktiv tuzilishi
    1,29 – reduktorlar, 2,28 – tishli muftalar, 3 – stoyka (ustun), 4 – podshipnik, 5 - parrak,
    6,20 – shnek parragi, 7 – g‘ilof, 8 - konus, 9 – halqa, 10 – pichoq, 11 – lampa, 12 – vakkum kamera, 13 – rubashka, 14 - bosim o‘zgartirgich, 15 – kallak, 16 – mundshtuk plitasi, 17 – vstavka, 18 – silindr, 19 – xvostovik, 21,30 – ramalar, 22 – valik, 23 – shesternya, 24 – aralashtirgich, 25, 26 – vallar, 27 – podshipnik korpusi, 31,32 – yuritmalar, 33 – vakkum qurilmasi.





    Download 101,09 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plastik usulda qoliplash uchun lentali presslar: tuzilishi, ishlashi va hisoblash asoslari

    Download 101,09 Mb.