|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 41/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin10.1-rasm. Tabiiy so‘rma shkafni sxemasi.
1 – ortiqcha bosim nolga teng bo‘lgan satx, 2 – shkafni oldi qismidagi ortiqcha bosim epyurasi; T1 – xonadagi havoni harorati; T2- surma shkafni ichidagi gazlarni harorati.
SHkafdan so‘rib chiqariladigan havoning sarfi L, mZ/soat, quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
(10.1)
bu erda h - shkafning ochiq joyining balandligi, m; Q – shkafdagi ajralgan issiqlikni mikdori, Vt; G‘ – ochiq joyni (ishchi proyomni) yuzasi, m2.
Surma shkaflarda tabiiy bosim hosil qilish uchun mo‘ri ishlatiladi. Mo‘rining balandligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanadi:
, (10.2)
bu erda - mo‘riga kirish va chiqish mahalliy qarshilik koeffitsientlarning yig‘indisi;
d – mo‘rining diametri, m.
Mexanik harakatlanuvchi surma shkaflarda ventilyator ishlatiladi.
Havo zararli moddalarning og‘irligiga qarab shkafning yuqori, yoki pastki qismida surilishi mumkin.
So‘rib chiqariladigan havoni sarfi quyidagi ifodadan aniqlanadi.
L=3600 v F , m3/soat (10.3)
bu erda v- ochiq tirqishdagi o‘rtacha surish tezligi, m/s
Bortli va xalqasimon otsoslar
Bortli otsoslar eritmalar yuzasidan ajralib chiqayotgan zararli moddalarni so‘rib chiqarish uchun xizmat qiladilar. Bunday otsoslar odatda galvaniq vannalarda o‘rnatiladi.
10.2 – rasm. Bortli otsoslar.
a) oddiy, b) agdarilgan
Odiy otsoslar. Bu otsoslar bir bortli (bir tomonlama) yoki ikki bortli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ular oddiy va ag‘darilgan bo‘ladi. Odiy otsoslar qabul qilinadi agarda tirqishda eritmani yuzasigacha bo‘lgan masofa 80-150 mm dan kam bo‘lganda.
N> 150-200 mm bo‘lganda – ag‘darilgan otsoslar ishlatiladi. Bundan tashqari bir tarafidan havo beruvchi ikkinchi tarafidan havo so‘ruvchi bortli otsoslar o‘rnatilishi mumkin.
Buning uchun bir bort tomonida yassi havo oqimi o‘zatiladi. Beriladigan havoni sarfi quyidagi formuladan aniqlanadi.
Lsd=300KB2l m3/s, (10.4)
bu erda K – to‘zatish koeffitsienti, vannadagi suyuqlikni haroratiga bog‘liq,
V – vannaning eni, m
l – vannani uzunligi, m
So‘rib chiqariladigan havoning sarfi bir necha usullar bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
Bunda bortli otsoslarni hisoblashda ularning to‘zilishiga qarab har xil grafiklar va tajribadan olingan kattaliklar asosida bajariladi.
Surma zontlar. Surma zontlar deb zararli moddalarni chiqish manbalarning ustida joylashtiriladigan konus, yoki piramida shakliga ega bo‘lgan mahalliy otsoslarga aytiladi. Ular oddiy va aktiv, shaxsiy individual va guruhli bo‘lishi mumkin.
Zontlar tabiiy va mexanik so‘rish bosimli bo‘ladi.
10.3-rasm. Surish zontlar
a) oddiy individual zont; b) zont – kozыrek; v) aktiv zont (perimetr bo‘yicha tirqishlar bor); g) zont oqimli (so sduvom vozduxa); d) guruhli zont.
Tabiiy surma zontlar issiqlik oqimlari mavjud bo‘lgan hollarda ishlatiladi.
Uskunalardan kutariladigan issiqlik oqimidagi boshlang‘ich havo sarfi quyidagi formuladan aniqlanadi.
m3/soat (10.5)
bu erda
Q – konvektiv issiqlik miqdori, Vt
F – issiqlik ajratadigan uskunani yuzasi, m2
N – issiqlik ajratadigan uskunadan zontgacha bo‘lgan vertikal masofa, m
Surma panellar
Surma panellar odatda elektr payvandlash ishlashi bajarishda ajraladigan zararliklarni so‘rib olish uchun ishlatiladi.
10.4 – rasm. CHernoberejskiy taklif kilgan bir tekisli surma paneli.
a) kichkina va o‘rta o‘lchamli detallarni payvandlashda
b) katta o‘lchamli detallarni payvandlashda (buriladigan panel)
|
| |