VII-BOB. PYTHON DASTURLASH TILINING ASOSIY
KONSTRUKSIYALARI
7.1. Python tilining asosiy xususiyatlari.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda zamonaviy dasturlash
texnologiyalari boshqa
barcha raqamli texnologiyalar qatorida keskin rivojlanib, juda yuqori
cho’qqilarni egalladi. Dasturlash - IT texnologiyalari sohasidagi eng mashhur
sohalardan biridir. U doimiy ravishda rivojlanayotgan juda ko'p sohalarni o'z
ichiga oladi. Ayni damda texnologiyalar va iste'molchilarning xohish-istaklari
shu qadar tez o'zgarmoqdaki, hatto besh yildan
keyin ham nima trendda
bo'lishini oldindan aytish deyarli mumkin emas.
Har qanday yangi dasturchi oldida –
qaysi dasturlash tilini o'rganishga
arziydi, kelajakda nima foydali bo'ladi, qanday texnologiyalar eskirmaydi va
qanday bilim bilan yaxshiroq ish topishingiz mumkin kabi savollar yuzaga
keladi?
Har qanday dastur asosan kompyuterga amal qilish uchun ko'rsatmalar
yozadi. Ammo dasturni ishlab chiqish - yechimlarni topish va amalga
oshirishning ijodiy jarayoni bo'lib, u dasturlashning o'zini, arxitektura va mavzu
sohasi bilan tanishishni va keng ma'noda mantiqdan foydalanishni o'z ichiga
oladi. Eng mashhur dasturlash tillaridan ba'zilari JavaScript, TypeScript, Python,
C# va boshqalardir.
Dasturlash tillari bir-biriga o'xshash, faqat buyruqlarni yozish qoidalari
bilan farqlanadi.
Shuning uchun, talab qilinadigan texnologiyalar va klassik
algoritmlarni o'rganishga arziydi hamda ularni o’zlashtirish uchun vaqt va qunt
kerak bo’ladi. Dasturlashning ikkinchi tarmog'i
veb-texnologiyalarga tegishli.
PWA (Progressive Web-Application) texnologiyasi tobora kuchayib
bormoqda, bunda resurs oddiy dastur kabi
smartfonning bosh ekraniga
saqlanishi mumkin. PHP ham ikkinchi rivojlanish bosqichini boshladi. Biroq, u
hali ham ishlab chiquvchilar orasida mashhurdir. Google ma'lumotlariga ko'ra, u
Internetdagi barcha resurslarning 80% dan ortig'ini qo’llab quvatlaydi. Veb-
ishlab chiqish uchun maksimal darajada moslashtirilgan kontentni boshqarish
tizimi WordPress ham mashhurligicha qolmoqda. Uni bir necha soat ichida
o'zlashtirish va hatto yangi boshlovchi ham qisqa muddatda juda yaxshi veb-sayt
yaratishi mumkin. Agar
siz dasturlashga qiziqsangiz, modulli va vizual
dasturlashni o'z ichiga olgan
ob’yektga yo'naltirilgan tillardan o'rganishni
boshlashingiz kerak deya maslahat beramiz.
Shunday tillardan biri
Python dasturlash tili. Ushbu bobda mazkur tilni
o’rganishga kirishamiz.
Python tili–bu dasturchilar
tomonidan o'rganishga oson va shu
bilan
birga imkoniyatlari boshqa
zamonaviy
dasturlash
tillariga
qaraganda ancha yuqori bo'lgan ob’ektli dasturlash tillari sinfiga kiradi. Python
yuqori darajadagi ma'lumotlar tuzilmasiga ega bo’lganligi bois, juda ko’p sonli
dasturchilarni o’ziga jalb qilmoqda.
Biz nega bugun
Pythonni o’rganamiz. Chunki u:
•
juda
sodda va juda qulay sintaksisga ega;
•
dastur kodlarini kiritishda resurslarni, masalan
xotirani hisobga olish shart
emas.
•
bir nechta platformalarda o'zgartirishlarsiz
ishlaydi;
•
zarur bo’lganda
kengayishga moyil til;
•
boshqa tillar bilan hamkorlik
, ya’ni dasturning muayyan qismini boshqa
dasturlash tillarda yozib keyin shu qismni Python kodi orqali ishga
tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.
•
xml/html fayllari
bilan ishlay oladi;
•
http so'rovlari bilan bemalol ishlaydi;
•
foydalanuvchi grafik interfeysi(GUI)ga ega;
•
veb-skriptlarni yaratadi;