x86 MSI installerni yoki, agar sistemangiz 64 bitli bo‘lsa, u holda Windows
x86-64 MSI installerlaridan biri bo’lishi kerak. Shu fayylarni o‘zi etarli. So’ngra
yuklangan fayl ochiladi. Agar fayl Python Software
Foundation tomonidan
imzolangan bo‘lsa, u holda yaxshi. Shuni ta’kudlash joizki, imzolanmagan yoki
ishonchsiz tasdiqlangan .exe kengaytmali fayllarni bilmasdan ochib yubormaslik
kerak! Endi siz kerakli faylni ishga tushirsangiz 2-rasmdagi dasturni o’rnatishni
boshlash sahifasi namoyon bo’ladi.
7.2-rasm. Python dasturini o’rnatishni boshlash darchasi.
Muloqotli darchadan Install Now degan buyruq tanlanadi. Bunda barcha
foydalanuvchilar yoki faqat bir foydalanuvchi uchun dasturni o‘rnatishni tanlash
imkoni mavjud. Yaxshisi hamma uchun o’rnatishni tanlash to’g’riroq boladi:
Shundan so’ng Python dasturlash tilini qayerga o`rnatish so’raladi. Siz
odatdagi dasturlaringiz o’rnatiladigan, sizga o’sha vaqtda ko’rinib turgan joriy
papkani yoki o’zingiz istagan boshqa papkani tanlab yo’l ko’rsatasiz. So’ngra
o’rnatish jarayoni bir muddat sodir bo’ladi. Va nihoyat
dastur muvaffaqiyatli
o’rnatilgani haqida habar paydo bo’ladi.
7.3-rasm. Python dasturini o’rnatish jarayonini yakunlash.
Endi biz siz bilan bemalol IDLE dasturlash
muhitida dastlabki
dasturimizni yarata olamiz. IDLE bu- distributiv bilan birga beriladigan Python
dasturlash muhiti hisoblanadi. Uni ishga tushirib
birinchi dasturimizni yoza
olamiz. Bu “Assalomu alaykum” so’zlarini
ekranga chiqaruvchi dastur
kodlaridir: