Shunday qilib, dasturchilar Python tilining sodda va aniq sintaksisi
asosida bugungi kunda juda ajoyib dasturlarni yaratmoqdalar. Biz ham keyingi
mavzularda ushbu sintaksisdan va dasturlashga qo’yilgan talablardan foydalanib
na’munaviy dasturlarni ishlab chiqishga harakat qilamiz!
7.3. Oʻzgaruvchilar.
Dasturlashda o’zgaruvchi tushunchasi alohida ahamiyatga ega.
O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida
saqlovchi kattaliklar
hisoblanadi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar bilan ishlash boshqa
dasturlash tillaridan farq qiladi. Ya’ni, o’zgaruvchilarni e’lon
qilish uchun
alohida buyruq berish shart emas. Shunchaki, o’zgaruvchiga
uning qiymatni
tenglashtirish bilan hosil qilinadi. Quyida ikkita o’zgaruvchini ikki xil turdagi
qiymatga bog’laymiz va natijani ekranga chiqaramiz:
k = 5