III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi




Download 70.5 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2017
Hajmi70.5 Kb.
#1977
1   2   3   4
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
5. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalaridan, tumanlar, shaharlar hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

amaldagi qonunlar doirasida viloyat hokimligining nomidan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va alohida shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

asosiy va aylanma mablag’larning, moliyaviy va moddiy resurslarining ratsional va tejamli ishlatilishini nazorat qilish.

Boshqarmaning zarur materiallar, ma’lumotlar, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim etish bo’yicha talablari boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan guruh belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur.

6. Boshqarma:

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

boshqaruv apparati xodimlariga belgilangan tartibda xizmat ko’rsatilishi, ta’minoti va zarur ish sharoitlari yaratib berilishi uchun;

buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlari to’g’ri va aniq tashkillashtirilishi, amalga oshirilishi uchun;

tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishi ustidan idoraviy nazorat ta’minlanishi uchun;

xodimlarga ish haqlari, qonunchilikda belgilangan ustama, kompensatsiya, moddiy yordam va mukofotlar to’lovlari belgilangan muddat, tartib va miqdorlarda amalga oshirilishi uchun;

ish yuritish va hujjatlarni saqlash belgilangan tartibda amalga oshirilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil


12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.



Download 70.5 Kb.
1   2   3   4




Download 70.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

Download 70.5 Kb.