Volume ǀ issue ǀ




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.10.2024
Hajmi0,51 Mb.
#273264
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot-sohasida-milliy-xavfsizlikni-ta-minlashning-omillari-va-o-ziga-xos-jihatlari

ǀ
ISSUE 1 
ǀ
2022
345 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
kundalik hayotimizda tutgan o’rni, axborot xafsizligi, axborot xafsizligiga tahdid va 
uning turlari, bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi 
masalalar yoritilgan.
 
XULOSA 
Hozirgi davrga kelib hayotimizni axborot texnalogiylarsiz, kompyutersiz tasavvur 
qilish mumkin emas. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa 
tovarga almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez 
ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan 
kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. 
Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, 
qasddan o’zgartirishdan, uni o’g’irlashdan, yo’qotishdan va boshqa jinoiy 
xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug’iladi. Kompyuter tizimlari va 
tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va 
qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli 
vosita va usullarni qo’llash, choralarni ko’rish va tadbirlarni amalga oshirishni 
tushunish qabul qilingan. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning 
iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat kilmokda. 
Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik 
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda 
axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va 
ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini 
qo’llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning 
kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog’i orqali kirib keldi. 
Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib 
bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha 
yo’qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan 
o’zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay 
qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan 
foydalanish va yo’qotish kabi muammolar dolzarb bo’lib qoldi. Bularning bari shaxs, 
jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. 
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni 
ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning 
birlamchi masalalaridan biri bo’lib bormoqda. 

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish