|
Volume ǀ issue ǀBog'liq axborot-sohasida-milliy-xavfsizlikni-ta-minlashning-omillari-va-o-ziga-xos-jihatlariǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
342
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni
ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin egallashini belgilaydi
4
:
– milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot
va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;
– inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish
bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha
xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir;
– axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali
milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;
– milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.
Axborot xavfsizligi deganda
tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki
qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi
infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi
5
. Bunday tа’sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi
munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va
axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar
yetkazishi mumkin. Axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan himoya
harakatlari qator kattaliklar bilan tavsiflanishi mumkin: tahdid xarakteri, harakat
usullari, uning tarqalganligi, o‘rab olish mashtabi kabilar. O‘zbekiston Respublikasining
2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonunida
6
axborot xavfsizligi
axborot borasidagi xavfsizlik
deb
belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining
himoyalanganlik holatini anglatadi.
Axborot sohasida
shaxs manfaatlari
fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan
shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan
foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlovchi axborot himoyasida namoyon
bo‘ladi.
Axborot sohasida
jamiyat manfaatlari
bu sohada shaxs manfaatlarini ta’minlashda,
demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy
hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.
Axborot sohasida
davlat manfaatlari
milliy axborot infrastrukturasining
rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O‘zbekistonning hududiy
birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida axborotdan foydalanishda,
4
Жуманиёзов Х., Собирова М., Нигманова У. Глобаллашув асослари. -Т.: 2015.
5
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги: aтамалар ва таърифлар. Тармоқ стандарти: -TSt 45-
010.: 2010.
6
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Т.:2003. – №1. – 2-м.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
|
| |