|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 77-79 (1)“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-40, Issue-1, August-2023
78
tarzdan voz kechilmayabdi. Davlat tiliga katta e'tibor qaratilayotgan bir davrda bu kabi
ko'plab xato va kamchiliklar ham mavjud. Bular orasida eng dolzarbi bu darslarda
shevalardan foydalanishdir. O‘qituvchi o‘z faoliyati davomida o‘quvchilarga o‘z
shevasida dars o‘tishi bu shubhasiz o‘quvchining ham o‘z shevasida erkin gapirishiga
yo‘l ochadi. Davlat tilini sof adabiy tilda gapirmasdan o‘tish bu katta xatodir . Buni
tuzatmasdan turib dars faoliyatini yuritish bugungi zamon talablariga muvofiq
kelmaydi
Maktab darsliklarini 5- sinfda to 11- sinfgacha bir-biriga qiyoslab solishtirilsa
qoidalarda ko‘plab xatoliklar mavjud. Bu xatoliklar o‘quvchilarda tilni o‘rganish
jarayonida qiynalishlariga sabab bo‘ladi. Misol uchun, 5-sinf ona tili darsligida
gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari to'rt xil deb ko'rsatilgan bo'lsa, 10-sinf ona tili
darsligida faqat uchtasi haqida ma'lumot berilgan. 5-sinf ona tili darsligida ilmiy va
kasbiy atamalar deyilgan mavzu bor. 10-sinf ona tili darsligida esa ilmiy atamalar
terminlar deb atalyapti.
Yangi yaratilayotgan darsliklardagi berilgan lug'at so'zlar asosida biror bir
qo'llanmaning yaratilmaganlig hozirgi maktablardagi eng dolzarb masala sanaladi.
2019-2020- o'quv yili boshida 8-9-sinflarning darsliklari yangilandi. Yangilangan ona
tili darsligiga e'tibor bersak, ko'plab matnlar va o'sha matnlar asosidagi lug'atlar
berilganligini ko'ramiz. Ba'zi lug'atdagi so'zlarni o'zimiz zo'rg'a topib, o'quvchilarga
yetkazamiz. Lekin o'quvchilar bu lug'at so'zlarning ma'nosini qayerdan topishadi?
Ularning izlanishlari uchun ham biror bir darsliklarga asoslangan lug'atlar
jamlanmasini yaratish vaqti kelmadimikan?[2]
Aynan punktuatsion belgilarni o‘rgatishda ham darslikda katta muammolar
mavjud. Umumiy darsliklarga e'tibor qaratsak tinish belgilarining ayrimlari haqida oz-
ozdan ma‘lumot berilgan. Ko‘plab tinish belgilari haqida deyarli aytilmagan ham.
O‘quvchilar ayrim tinish belgilarini qay o‘rinda qo‘llash haqida qisqacha bo‘lsa ham
ma'lumotga ega emaslar.
O‘zbek tilshunosligidagi asosiy nuqsonlardan biri — til hodisalarini bevosita
faktlardan kelib chiqib baholamaslikdir. O‘zbek tili hodisalarini yoritish va ta’riflashda
bevosita shu til asosidagi tahlildan kelib chiqmay, rus tiliga oid ilmiy adabiyotlar,
grammatikalardan nusxa olib, o‘zbek tilidan ularga misol keltirish yo‘li bilan ish olib
borilyapti. Bunday yo‘l bilan ishlash o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la va
to‘g‘ri yoritishga imkon bermaydi. Chunki o‘zbek va rus tillari butunlay boshqa-
boshqa turkumga oid tillar bo‘lib, tuzilish jihatidan o‘ziga xosliklarga ega. Binobarin,
rus tiliga oid adabiyotlarda, masalan, kelishikning olti turi qayd etilar ekan, o‘zbek
tilida ham oltita kelishik bor demasdan, uning nechta ekani va har bir kelishikning
mohiyati shu til dalillarining tahlili asosida belgilanishi lozim.[3]
Bilamizki mamalakatimiz ko‘p millatli bag'rikeng xalq. Yurtimizda har bir shaxs
o‘zi istagan tilda bilim olish huquqiga ega. Ota- onalar farzandlarini xohlagan
|
| |