“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-40, Issue-1, August-2023
79
maktablarida o‘qita oladi. Bugungi kunda rus, o‘zbek, qozoq, turkman, qoraqolpoq va
boshqa ko‘plab tillarda dars jarayonlari olib borilmaoqda va bunda o‘zga tilli sinflarda
o‘zbek tili davlat tili sifatida o‘qitilib kelinadi. Ammo ayrim bir o‘zga tilli sinflarda
o‘zbek tilidan dars jarayonlarining yetarli darajada olib
borilmasligi davlat tiliga
bo‘lgan e'tiborga zid kelmoqda. Dars jarayonlari qaysi
tilga moslashtirilgan sinf
bo‘lishidan qat'iy nazar davlat tiliga katta e'tibor qaratmaslik bu til o‘qitishdagi katta
xatodir.
Bundan
tashqari
pedogog
xodimlarning
yetarli
darajada
zamonaviy
texnologiyalardan xabarsizligi, maktablarning ham
texnik dars qurollari bilan
ta‘minlanmagani ham o‘zbek tilini yetarli darajada o‘rganilishiga to‘sqinlik qiladi.
Maktablarda o‘zbek tili o‘qituvchisi darsni o‘tish jarayonida
yangi metodlardan
foydalanishi, o‘quvchilarni ilg‘orlikka undab, ona tiliga mehrni kuchaytirishi lozim.
Ayniqsa o‘quvchilarning boshlang'ich sinf paytidanoq
turli yangi metodlar orqali
o‘zlashtirgan bilimlari ongida puxta muhrlanadi. Ona tili o‘qituvchisi dars jarayonida
barcha o‘quvchilarning diqqatini o‘ziga qaratgan holda dars jarayonini olib borishi va
yosh avlod qalbida davlat tiliga bo‘lgan hurmatni shakllantirishi, ona tiliga nisbatan
muhabbatni uyg‘otishi lozim. Chunki o‘quvchida fanga
nisbatan qiziqish va mehr
o‘qituvchi orqali uyg’onadi, o‘quvchi fanni o‘qituvchi orqali tushunadi va anglaydi.
Shu sababli ham bu borada pedogoglardan katta mahorat va mas'uliyat talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I. Karimov ,, Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch ‘‘ kitobidan. 2008-y
2. N. Shayxislomov ,, Ona tili fanini o’qitishning muammolari‘‘
mavzusidagi
maqolasidan. Science and Education 2020
3. A. Hojiyevning ,, Muammolar bir talay‘‘ maqolasidan. “Guliston” jurnali 1989-yil
8-son