• 2.2.5. Boshlangʻich ta’limni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalar va ularni amalda qoʻllash. Darslarda interfaol metodlardan foydalanish mavzusida ma’ruza matni
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa




     
     
    SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI
    METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY MARKAZI
     

     

     
     2.2. Boshlangʻich ta’lim fanlarini oʻqitishning zamonaviy
    texnologiyalari moduli boʻyicha

     

    2.2.5. Boshlangʻich ta’limni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalar va 
    ularni amalda qoʻllash. Darslarda interfaol metodlardan foydalanish 
    mavzusida ma’ruza matni 
     
     
     
    Ma’ruzachi: Boychayeva Sharifa Saidkulovna 
     
     
     
     
     
     
     
    Guliston -2024 



     
     
    2.2.5. Boshlangʻich ta’limni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik 
    tajribalar va ularni amalda qoʻllash. Darslarda interfaol metodlardan 
    foydalanish. 
    (2 soat amaliy mashgʻulot)
     
    Reja: 
    1.
    Ilgʻor pedagogik tajribalar va unga erishish. 
    2.
    4 “K” modeli. 
    3.
    Taʼlimni tashkil qilish shakllari.
    4.
    Taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari.
    5.
    Turli xil ta’limiy oʻyinlar va ulardan foydalanish. 
     
    Mashgʻulot maqsadi:
    tinglovchilarning interfaol metodlardan foydalanish
    orqali ilgʻor pedagogik tajribalar va ularni amalda qoʻllash, tashkil etish, 
    malakalarini oshirish. 
    I.
    Tashkiliy qism 
    Mavzu maqsadini e’lon qilish. 
    Pedagogik ijodkorlik manbai - bu ilgʻor pedagogik tajribadir. Ilgʻor 
    pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilgʻor pedagogik tajriba 
    deganda, biz oʻqituvchining oʻz pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishi, 
    oʻquvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, zamonaviy, samarali, eng ma’qul yoʻl 
    va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
    Ilgʻor pedagogik tajriba oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan ish shakli va 
    usullari, uslub va vositalar hamda innovatsion texnologiyalardir. Ilgʻor pedagogik 
    tajriba oʻrganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni 
    ochish, oʻquv-tarbiya jarayoniga yaxshi, sifatli 
    oʻzgarishlar kiritish, 
    oʻquvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi koʻrinishdagi oʻquv 
    jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab boʻladi. Ijodiy 



    ishlaydigan oʻqituvchi faqatgina muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalash; ilgʻor 
    oʻqituvchilar ish tajribalarini tahlil qila olish tadqiqotchilik koʻnikma va 
    malakalariga ham ega boʻlishi zarur. Ilgʻor oʻqituvchi hamma vaqt pedagogika 
    sohasidagi yangiliklarni bilishga intiladi, boshqa oʻqituvchilarning tajribalaridan 
    foydalanishga hamda oʻz shaxsiy tajribalarini umumlashtirishga harakat qiladi. 
    Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti oʻqituvchining ijodkor boʻlishi, oʻz 
    fanining muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini 
    oʻquvchilarga yetkaza olishi va nihoyat, oʻquvchilarni ham ijodiy fikrlashga
    tadqiqot ishlariga oʻrgata olishini talab qiladi. Shuning uchun oʻqituvchi, avvalo, 
    tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. Oʻqitvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib 
    borishi davomida olimlarning tajribalarini toʻplaydi, tahlil qiladi, ular asosida 
    xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan oʻzining amaliy faoliyatida foydalanish 
    jarayonida hozirgi zamon oʻqituvchisi uchun zarur boʻlgan juda muhim 
    fazilatlarni egallaydi. Ilgʻor oʻqituvchilar oʻqitish metodlarini tanlashga alohida 
    e’tibor beradilar. 
    Oʻquvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi 
    faoliyatlarining umumiy jihatlari koʻproq boʻlsa-da, ularni tashkil etish 
    oʻqituvchidan oʻziga xos ijodiy yondashishni talab qiladi. Agar butun sinf, guruh 
    va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta’sir koʻrsatilar ekan, unda tarbiya 
    ham, ijodiy yondashish ham barbod boʻladi. Oʻqituvchi pedagogik mahoratini 
    shakllantirishda ilgʻor pedagogik tajribalarga tayanishi yaxshi natijalarga olib 
    keladi.
    Ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, bu 
    mazmunga nafaqat bilim, koʻnikma, malaka, balki umumisoniy madaniyatni 
    tashkil etuvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak - atrofga munosabatlarni ham 
    kiritish gʻoyasi juda muhimdir. Ilgʻor pedagogik, ijtimoiy tajribalar pedagogik 
    mahoratni shakllantirishda muhim omildir. Yangi pedagogik texnologiyalarning 
    asosiy tomoni maktab darsliklarini qaytadan yuksak darajada, yuqori saviyada 
    tuzish lozimligidir. Darsliklar tuzish koʻp yillik ilmiy, madaniy, estetik, ma’naviy 



    tajribalarga tayangan holda amalga oshirilmogʻi kerak. Ta`lim jarayonidagi 
    pedagogik faoliyat oʻz mehnatiga koʻra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson 
    oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugʻiladi. Oʻqituvchilik 
    faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati 
    pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniq. Pedagogik faoliyat kishi 
    shaxsi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvoriga boʻysungan son-
    sanoqsiz pedagogik masalalarini yechish jarayonidir. Oʻqituvchi faoliyatidagi 
    ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yoʻllarini 
    qidirib topa bilishida ifodalanadi. 
    Biz raqamli texnologiyalar asrida, taʼlim karyerada muvaffaqiyat 
    qozonishning, turmush farovonligini oshirishning bosh omiliga aylangan davrda 
    yashayapmiz. Zamonaviy taʼlim bizning nafaqat bilim va koʻnikmalarimizni 
    belgilab beruvchi mezon, balki bizning dunyoqarashimizni, bizning dunyo 
    taraqqiyotiga qoʻshadigan hissamizni ham aks ettiruvchi muhim qadriyatdir.
    Bugungi kundagi taʼlim faqatgina kurs va ma’ruzalar toʻplamidangina iborat 
    emas. Endilikda u mustaqil taʼlim, elektron texnologiyalar va dars oʻtishning 
    ilgʻor metodikalari konsepsiyasini oʻz ichiga oladi. Hozirgi kunda oʻquvchilar 
    axborot olish va uni samarali oʻzlashtirish uchun axborot texnologiyalaridan 
    foydalanishni oʻrganib olishdi.
    Zamonaviy taʼlim dunyodagi tinimsiz oʻzgarishlarga koʻnikkan, turli 
    muammo va toʻsiqlarga tayyor turadigan professionallarning yangi avlodini 
    shakllantirmoqda. Bunday taʼlim oʻquvchilarni nafaqat amaliy koʻnikmalar bilan, 
    balki oʻquvchilarga bugungi kunda zarur boʻlgan zamonaviy kompetensiyalarni 
    rivojlantirishga yordam beradigan oʻquv texnikalari bilan taʼminlaydi. Bugun 
    dunyoda “ijtimoiy koʻnikmalar”ga (soft skills) ega boʻlgan mutaxassislarga 
    ehtiyoj ortib, ayni paytda “kasbiy koʻnikmalar” (hard skills) oʻzining birinchi 
    darajali ahamiyatini yoʻqotib bormoqda.
    Zamonaviy taʼlim bugungi kun oʻquvchilariga quyidagilarni oʻrgatishi 
    kerak:



    1. Kompleks vazifalarni hal qilish;
    2. Bilimlar, mantiq, tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy fikrlash, 
    fikr-mulohazalarni shakllantirib, qaror qabul qilish;
    3. Ijodiy fikrlash;
    4. Insonlar bilan hamkorlik qilish;
    5. Jamoada ishlash;
    6. Oʻzining va boshqalarning emotsiyalarini (his-tuygʻularini) toʻgʻri 
    baholash, ularni boshqarish, emotsional intellektga ega boʻlish;
    7. Diqqatni bir vazifadan boshqasiga tez qarata olish, moslashuvchan 
    boʻlish.
    Buning uchun taʼlim jarayonida “4K” modelini qoʻllash kerak.
    4 “K” modeli
    1. Kritik (tanqidiy) fikrlash (Critical Thinking); 2. Kreativlik (ijodiy 
    yondashuv) (Creativity);
    3. Kommunikatsiya (Communication); 4. Kooperatsiya (Coordinating With 
    Others).
    4K koʻnikmalar
    Tanqidiy fikrlash tahlil – topshiriqni alohida kichik vazifalarga boʻlish, 
    masalalarni yechishning yakuniy algoritmlarini yaratish qobiliyati;

    baholash – kirish va chiqish ma’lumotlarining sifati va muvofiqligini baholash
    qobiliyati;

    tushuntirish – oʻz nuqtayi nazarini dalillash, mantiqiy-bogʻliq izchil matnlar 
    qurish;

    maqsadlarni belgilash – erishish mumkin boʻlgan maqsadlarni toʻgʻri 
    shakllantirish, zarur ma’lumotlarni va uning yetarliligini aniqlash, shu asosda 
    mustaqil xulosalar chiqarish qobiliyati;

    oʻzini boshqara bilish – oʻz-oʻzini tekshirish, xulosalarni tuzatish va mulohaza
    yuritish (refleksiya);

    modellashtirish – amaliy vaziyatni sifatli tahlil qilish va vazifalarni hal qilish 



    uchun vaziyatni mavhum modeli bilan almashtirish qobiliyati;

    oʻrganilayotgan predmetga turli nuqtayi nazardan qarash amaliyoti;

    kuzatish va oʻlchovlarni rejalashtirish va amalga oshirish amaliyoti;

    muammolarni hal qilish malakalarini rivojlantirish;

    dalillarni ajrata olish, ularni shakllantirish va baholash qobiliyati;

    strategik fikrlash.

    Kreativlik (Ijodkorlik) koʻnikmasi

    qiziquvchanlik – tevarak-atrofdagi olamga qiziqish va u haqida koʻproq bilishga 
    intilish, dunyo obyektlari oʻrtasidagi sabab-natija munosabatlarini aniqlash
    axborotni mustaqil izlash va oʻz savollariga javob topish qobiliyati;

    tasavvur – koʻplab original va nostandart gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyati;

    optimallashtirish – maqsadga tez va samarali erishish uchun bir nechta usullarni
    solishtirish qobiliyati;

    gʻoyalarni rivojlantirish – gʻoyalarni turli nuqtayi nazardan baholash, ularning 
    kuchli va zaif tomonlarini izlash, oʻzgaruvchan sharoitlarda va yangi 
    ma’lumotlarning
    paydo boʻlishida oʻz faoliyatini tezda qayta qurish qobiliyati.
    Muloqot qilish koʻnikmasi muloqotdan choʻchimaslik va muloqotni 
    uyushtira bilish qobiliyati, savollar berish va ularga javob berishga tayyorlik.

    muloqot maqsadi va mazmuniga, shuningdek, suhbatdoshga moslashish 
    qobiliyati;

    muloqotchanlik maqsadlariga erishishda verbal va noverbal vositalardan 
    foydalanish qobiliyati;

    muloqot qoidalari ma’nosini tushunish va ishonch darajasini oshirish;

    boshqa odamlarning fikrini tinglashni oʻrganish;

    oʻzining ijobiy obrazi shakllanishini ta’minlash;

    oʻz fikr va his-tuygʻularini ifodalash amaliyoti;

    taqdim etish, qabul qilish va qayta aloqani aks ettirish amaliyoti;




    oʻz fikrlari va mulohazalarini aniq dalillash amaliyoti;

    katta va kichik jamoada boshqalar bilan ishlash amaliyoti.

    Jamoaviy ishlash koʻnikmasi umumiy maqsadlarni oʻz maqsadidek qabul qilish 
    qobiliyati, ularga erishish uchun birgalikda harakat yoʻnalishini qurish qobiliyati;

    ijtimoiy oʻzaro ta’sir, ya’ni umumiy maqsadlarni muhokama qilish, muzokaralar 
    olib borish, oʻz harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan 
    muvofiqlashtirish;

    oʻz rejalari va gʻoyalarini amalga oshirish uchun yetakchilik koʻnikmalarini va 
    oʻz jamoasini shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish;

    oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish;

    mustaqillik va avtonomiya va tashabbuskorlik.

    Download 0,71 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish