Taʼlimni tashkil qilish shakllari




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana19.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#243971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

Taʼlimni tashkil qilish shakllari
. Oʻquvchilar soniga qarab taʼlimning 
jamoaviy, guruhli shakllari, kichik guruhlarda ishlash, juftliklarda ishlash va 
individual (yakka tartibda) ishlash kabi shakllari boʻladi. Jamoaviy taʼlim 
shaklida vazifalarni bajarish va muhokama qilishda butun sinf ishtirok etadi. 
Bunda “Koʻtarilgan qoʻl qoidasi”ni qoʻllash va unga rioya qilish, shuningdek,
“Gapirayotganni hurmat qilish” tamoyillariga rioya qilish muhimdir. Bu shakl 
munozara va bahslar, ochiq muhokamalarga toʻgʻri keladi.
Guruhli taʼlim shaklida sinflar 5–6 kishilik guruhlarga, jamoalarga boʻlinadi. 
Bu shakl sinfda va sinfdan tashqari ishlashda, loyiha, tadqiqot va ijodiy 
faoliyatlarga mos keladi.
Kichik guruhli shaklda oʻquvchilar 3–4 kishilik uncha katta boʻlmagan 
guruhlarga boʻlinadi. Bunday shakl ham sinfda va sinfdan tashqari ishlarda
loyiha, tadqiqot va ijodiy faoliyatlarda qoʻl keladi. Shuningdek, bu shaklni masala 
va vazifalarni muhokama qilish, jamoaviy esse va dokladlar yozishda ham 
qoʻllash mumkin.
Juftliklarda ishlash shaklida oʻquvchilar ikki kishi boʻlib ishlaydi. Bunda 
oʻquvchilarni “yelkadosh sherik” hamda “yuzma-yuz sherik” tamoyili boʻyicha 
boʻlib chiqish mumkin.



Individual shaklda esa oʻquvchi vazifalarni mustaqil ravishda, boshqalarning 
ishtirokisiz, oʻzi bajaradi.
Taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari 
№ 
Мetod, texnika, 
texnologiya 
Qoʻllanish sohalari 
1 Masallar, iqtiboslar, 
hikmatli soʻzlar, 
maqollar bilan ishlash
Nutqiy-mantiqiy, tahliliy fikrlashni 
rivojlantirish Kommunikativ koʻnikmalarni 
rivojlantirish 
2 Klaster yoki mind map 
Assotsiativ fikrlashni, fikriy operatsiyalarni – 
sintez va analizni (tahlilni) rivojlantirish 
3 Eyler-Venn diagrammasi Nutqiy-mantiqiy, tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish 
4 Isikava diagrammasi 
(fishbone) 
Nutqiy-mantiqiy, tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish 
5 Esse 
Nutqiy-mantiqiy, tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish 
6 Vaziyatlar tahlili (keys-
stadi) 
Nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish 
7 Miya shturmi 
Nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish 
8 Sinkveyn 
Ijodiy, nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish 
9 Oʻzaro soʻrovnoma 
Ijodiy, nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish 
10 Chalkash mantiqiy 
zanjirlar 
Ijodiy, nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish 
11 Qarama-qarshi bahs 
Ijodiy, nutqiy-mantiqiy, tahliliy, tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish 



Klaster usulini quyidagi istalgan bosqichlarda qoʻllash mumkin:
• chaqiruv bosqichida bolalar mavzuga oid oʻzlaridagi bor bilimlarni, taxmin 
va assotsiatsiyalarini aytib, qaydlaydilar. Bu usul oʻquvchilarning taʼlim 
faoliyatini ragʻbatlantirish, mavzuni oʻrgana boshlashdan avval fikrlashga 
motivatsiyalaydi;
• anglash bosqichida klasterdan foydalanish oʻquv materialini tarkiblashga 
imkon beradi; 
• refleksiya bosqichida klaster usuli olingan bilimlarni tizimlash vazifasini 
bajaradi.
Klaster usulining afzalliklari va uni qoʻllash natijalari
Klaster usulini qoʻllashning quyidagi afzalliklari bor:

katta hajmdagi axborotni qamrab olishga imkon beradi;

jamoaning barcha aʼzolarini taʼlim jarayoniga jalb qiladi, bu jarayon ular 
uchun qiziqarli boʻladi;

bolalar faol, ochiq boʻladi, chunki ularda xato qilib qoʻyishdan, notoʻgʻri fikr 
aytib qoʻyishdan qoʻrquv boʻlmaydi;

Bu usul davomida quyidagi koʻnikmalar shakllanadi va rivojlanadi:

savollarni toʻgʻri qoʻyish;

asosiy masalani aniqlash;

sabab-oqibat, aloqalarini oʻrnatish, xulosa chiqarish;

muammoni yaxlit tushunib, umumiydan xususiyga oʻtish;


10 

solishtirish va tahlil qilish;

qiyoslash.
Klaster usuli tizimli fikrlashni rivojlantiradi; bolalarga nafaqat oʻquv 
materialini, balki oʻz baholovchi fikrlarini ham tizimlashni oʻrgatadi; kuzatuvlar, 
tajribalar va olingan yangi bilimlar asosida oʻz fikrini ishlab chiqish va uni 
ifodalashni oʻrgatadi; bir paytning oʻzida bir necha pozitsiyalarni koʻrib chiqish, 
axborotni ijodiy qayta ishlash koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish