Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana19.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#243971
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

“QORA QUTI” METODI
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qoʻllashdan maqsad oʻquvchilar 
tomonidan mavzuni puxta oʻzlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka 
undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda 
mantiqiy tafakkur yuritish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan 
foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 
— oʻquvchilar juftlikka biriktiriladi
— juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar(tayanch 
soʻzlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . . )ni kartochkalarga qayd etish vazifasi 
yuklanadi; 
— oʻqituvchi oʻquvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan 
topshiriqning bajarilishini tekshiradilar; 
— topshiriqni toʻgʻri bajargan guruhning bir a’zosi oʻqituvchi rolini 
bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi; 
— sinf oʻquvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydilar 
(tayanch soʻzlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . .qanday ma’noni anglatishini 


22 
aytadilar); 
— toʻgʻri javob bergan 
oʻquvchi oʻqituvchi rolini bajarib
juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni 
topshiradi va oʻqituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi. 
 
«Zig-zag» metodi: 
Sinf oʻquvchilari 4-7 guruhga boʻlinadilar va guruhlar 
nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga 
ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga 
topshiriladi. Oʻquvchilar matnlarni diqqat bilan oʻrganadilar va gapirib beradilar. 
Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd 
etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari 
tomonidan toʻldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning oʻquvchilari oʻzlariga 
topshirilgan matn mazmuni xususida soʻzlab berganlaridan soʻng, matnlar 
guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha 
matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan 
oʻrganib chiqilgach oʻquvchilar oʻtilgan mavzu boʻyicha asosiy tushunchalarni 
ajratadilar, ularning oʻzaro mantiqiy bogʻliqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan 
gʻoyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. Soʻngra oʻzlashtirilgan 
bilimlar asosida oʻquvchilarning oʻzlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish 
vazifasi topshiriladi. 

Download 0,71 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish