• Aqliy hujum metodi
  • FSMU texnologiyasi
  • “Zinama-zina” texnologiyasi
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Muzyorar metodi: 
    Muzyorar – muomaladagi toʻsiqlarni yengib oʻtishga 
    va oʻzaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, 
    birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni oʻzini 
    bemalol his qilishlariga yordam beradi. 
    Aqliy hujum metodi: 
    «Aqliy hujum» biror muammoni yechishda guruh 
    qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular 
    orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U toʻgʻri va ijodiy 
    qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga oʻrgatadi. 
    FSMU texnologiyasi:


    23 
    (F) – Fikringizni bayon eting. 
    (S) – Fikringiz bayoniga biron sabab koʻrsating. 
    (M) – Koʻrsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring 
    (U) – Fikringizni umumlashtiring 
    Ushbu texnologiya tinglovchilarni oʻz fikrini himoya qilishga, erkin 
    fikrlash va oʻz fikrini boshqalarga oʻtkazishga, ochiq holda bahslashishga
    egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga 
    hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga oʻrgatadi. 
    “Zinama-zina” texnologiyasi: 
    oʻqituvchi oʻquvchilarni mavzular soniga 
    qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta 
    boʻlgani ma’qul); oʻquvchilar mashgʻulotning maqsadi va uning oʻtkazilish tartibi 
    bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qogʻozning chap qismida kichik mavzu 
    yozuvi boʻlgan varaqlar tarqatiladi; oʻqituvchi guruh a’zolarini tarqatma 
    materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida 
    bilganlarini flomaster yordamida qogʻozdagi boʻsh joyiga jamoa bilan birgalikda 
    fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari 
    birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki 
    chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu boʻyicha 
    imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari kerak boʻladi. Tarqatma materiallar 
    toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida 
    guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan 
    tagma-tag(zina shaklida) ilinadi; 
    Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib
    ularni baholaydi va mashgʻulotni yakunlaydi. 

    Download 0,71 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish