• “Kungaboqar”
  • “Blits-soʻrov” texnologiyasi
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Ha-yoʻq mashqi :
    Oʻqituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki 
    tarixiy qahramon va sh. oʻ.) ni oʻylab qoʻyadi. Oʻquvchilar esa unga savol berib, 
    u nimani oʻylab qoʻyganligini topishga harakat qiladilar. Oʻqituvchi ularning 
    savollariga faqat “Ha”, “Yoʻq”, “Ham ha, ham yoʻq” soʻzlari bilan javob beradi. 
    Savol nojoʻya berilgan yoki oʻqituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib


    24 
    savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Shunda 
    u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq 
    yakunlanganidan soʻng, albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va 
    nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama oʻtkazishi shart. 
    Mashqning 
    maqsadi 
    – bolalarni savollarni tartibsiz berishga 
    urintirmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga oʻrgatishdan iboratdir. 
     “Kungaboqar”: 
    Oʻquvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. 
    Oʻqituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga bitta muammoni tashlaydi. 
    Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar 
    yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo 
    yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini 
    bargga yozib, uni oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar. 
    Bu uslubdan oʻtilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash 
    hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. 
    “Blits-soʻrov” texnologiyasi:
    ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan 
    qogʻozlarda koʻrsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil 
    ravishda belgilash, kichik guruhlarda oʻz fikrini boshqalarga oʻtkaza olish yoki 
    oʻz fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr boʻla olish kabi koʻnikmalarni 
    shakllantirish. Mashgʻulotlar interfaol usullardan foydalanish ta’lim sifatini 
    oshirishda muhum omil hisoblanadi. Toʻgri tanlangan usul maqsadga erishishda 
    birlamchi qadam boʻlish barobarida ta’limda innovatsiya, erkin fikrlash
    mulohaza yuritish va masalani yechimini izlab topish yoʻl yoʻriqlarini 
    shakllantiradi. 

    Download 0,71 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish