• “3/3” (“4/4”, “5/5”, …) metodi
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    “ZAKOVATLI ZUKKO” metodi
    Mavjud bilimlarni puxta oʻzlashtirishda oʻquvchlarning fikrlash, tafakkur 
    yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. “Zakovatli zukko” 
    metodi oʻquvchlarda tezkor fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek
    ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod oʻz xohishlariga 
    koʻra shaxsiy imkoniyatlarini sinab koʻrish istagida boʻlgan oʻquvchlar uchun 


    25 
    qulay imkoniyat yaratadi. Ular oʻqituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa 
    muddatlarda toʻgʻri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning 
    murakkablik darajasiga koʻra har bir savolga qaytarilgan toʻgʻri javob uchun 
    ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish asosida 
    tezligi aniqlanadi. 
    Ballarning belgilanishi oʻquvchilarning shaxsiy imkoniyatlari toʻgʻrisida 
    aniq tasavvurga ega boʻlishlarini ta’minlaydi. 
    Metod oʻquvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek 
    qoʻllanilishi mumkin. 
    “3/3” (“4/4”, “5/5”, …) metodi
    Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili 
    hisoblanib, oʻquvchilardan oʻrganilayotgan mavzu (yoki boʻlim, bob) yuzasidan 
    tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni 
    ifodalay olishni talab etadi. Unga koʻra, oʻqituvchi mavzu (yoki boʻlim, bob) 
    yuzasidan 3 ta (4 ta, 5 ta va …) toʻgʻri va unga teng nisbatda (3 ta, 4 ta, 5 ta va 
    …) boʻlgan va nooʻrin qoʻllanilgan tushunchalar (soʻzlar, belgilar, tasvirlar va 
    …)dan iborat tizimni shakllantiradi. Oʻquvchilar ushbu tizimdan mavzu (yoki 
    boʻlim, bob)ga taalluqli boʻlmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining 
    mohiyatini izohlaydilar. 
    Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 
    — oʻqituvchi oʻzaro teng nisbatda mavzu (yoki boʻlim, bob)ga oid va oid 
    boʻlmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi
    — oʻquvchilar mavzu (yoki boʻlim, bob)ga oid va oid boʻlmagan asosiy 
    tushunchalarni aniqlaydilar va daxldor boʻlmagan asosiy tushunchalarni tizimdan 
    chiqaradilar; 
    — oʻquvchilar oʻz harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. 
    Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda oʻquvchilar tomonidan 
    mavzuning puxta oʻzlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash 
    maqsadida foydalanish mumkin 


    26 

    Download 0,71 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish