27
bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu
strategiyadan muayyan boʻlim yoki boblar boʻyicha yakuniy darslarni tashkil
etishda foydalanish yanada samaralidir.
Strategiyani qoʻllash bosqichlari quyidagilardan iborat:
-sinf oʻquvchilari 4 guruhga boʻlinadi;
-yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema
chiziladi;
-har bir guruhga oʻzlashtirilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriqlar
beriladi;
— topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi;
-liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv
taxtasida aks diagrammani toʻldiradilar.