• Oilada motivatsiya yoʻqligi.
  • Oʻqishdan ongli ravishda bosh tortish




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Oʻqishdan ongli ravishda bosh tortish.
    Bunga ota-ona bilan tortishib 
    qolish (bola ota-onasiga qasd qilib oʻqimaydi), uydagi yomon muhit (kattalar 
    oʻrtasidagi janjallar), uyda kun rejasi va intizom yoʻqligi (bolalar oʻyinga koʻp 
    chalgʻiydi), mustaqillik yetishmasligi (uy vazifasini kattalar bilan birga qilishga 
    oʻrganib qolish) sabab boʻlishi mumkin.
    Oilada motivatsiya yoʻqligi.
    Bunga yutuqlarning ragʻbatlantirilmasligi, 
    yomon baholar uchun jazo yoki koyish yoʻqligi sabab boʻladi. Koʻpincha ota-
    onalar va pedagoglar bolaning yaxshi oʻqib ketishiga ishonmasa ham, bola 
    oʻqishdan sovib, unga qiziqmay qoʻyadi. Shuningdek, oʻqishga qiziqishning 
    yoʻqolishiga bolaning yoshi hali kichikligi, unga ortiqcha talab qoʻyilishi, ota-ona 
    tomonidan bosim oʻtkazilishi, oʻqituvchilar yoki oʻquvchilar bilan janjallashuvlar 
    ham sabab boʻlishi mumkin.
    Oʻquv motivatsiyasini qanday qilib oshirish mumkin?

    Oʻqituvchilar oʻquvchilarning oʻquv motivatsiyasini qanday oshirishlari 
    mumkin: tanlash uchun qisman erkinlik berish;

    taʼlimda oʻquvchilarning talablari, qiziqish va intilishlarini hisobga olish, 
    yaʼni individual va differensial yondashuv kerak;

    bolaning oʻziga, oʻz kuchiga ishonchini oshirish ham ichki motivatsiyani 


    18 
    kuchaytiradi;

    oʻquvchining yutuqlarini eʼtirof etish. Yutuqlarni baholash oʻqishning davom 
    etishiga yordam beradi. Masalan, yutuqlar roʻyxati bolaning mustaqil boʻlishida 
    katta 
    oʻrin 
    tutadi; 
    muvaffaqiyatsizliklar 
    uchun 
    jazolamaslik. 
    Muvaffaqiyatsizlikning oʻzi bir jazodir. Qoʻrquv va tanglik oʻquv jarayonini 
    qiyinlashtirib yuboradi. Muvaffaqiyatsizliklar motivatsiyani pasaytirib qoʻyadi;

    oʻquvchilar uchun oʻqituvchining shaxsiyati nihoyatda muhimdir;

    oʻquv materiali qiziqarli boʻlishi uchun uning mazmunini toʻgʻri yetkazib bera 
    olish;

    oʻqitishning usul va yoʻllarini oʻzgartirib, almashtirib turish;

    imkon qadar darsda har bir oʻquvchiga tez-tez murojaat qilishga intilib, 
    doimiy ravishda “teskari aloqa” (aks-sado, jonli muloqot) qilib turish, yaʼni 
    mavzuning tushunarsiz yoki notoʻgʻri tushunilgan joylarini isloh qilib borish;

    doimiy va maqsadli ravishda anglash qobiliyatini rivojlantirishning asosi 
    boʻlgan sifatlarni – bolaning reaksiyasini, xotirasini, diqqati va tasavvurini 
    (xayolotini) oʻstirib borish. Har bir oʻqituvchining asosiy vazifasi – oʻz fanining 
    vositalari yordamida bolani faqat oʻqitish emas, balki uning fikrlashini 
    rivojlantirishdir;

    barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda oʻquvchilarni oʻqishga qiziqtirish – 
    darsni qiziqarli olib borish, axborotni yetkazib berishning qiziqarli usullarini 
    qoʻllash, oʻz fanini qiziqarli qilish;

    bolani atrofdagi hayotga qiziqtirishning eng qudratli vositasi – bu oʻyin. Oʻyin 
    orqali motivatsiyalash oʻrta maktab yoshida eng samarali boʻladi. Yosh bolalarni 
    boshqarish, kattaroq oʻquvchilarni maqsadga yoʻnaltirish osonroqdir. Turli 
    yoshdagi bolalarga mutlaqo turlicha oʻyinlar mos keladi. Bu narsa inson ulgʻayib 
    borgan sari uning psixikasida shakllanayotgan yangiliklar bilan bogʻliqdir. Kichik 
    yoshdagi bolalarning oʻyinlari chiziqli xarakterga ega boʻlsa, oʻrta yoshdagi 
    bolalarning oʻyinlari jamoaviy, katta yoshdagilarniki esa shaxsiy amallarda oʻzini 
    yorqin namoyon qilishga qaratilgan boʻladi. Katta sinflarda notanish obrazlarni 


    19 
    qayta yaratish, voqelikning qiziqarli va gʻayrioddiy modellari muhim boʻladi.
    Har bir yoshdagi bola oʻyinda oʻz oʻrnini topadi. Umuman, oʻyin jarayoni 
    inson shaxsiyatining, bilimlari va fikrlashining shakllanishiga ulkan taʼsir 
    koʻrsatadi;

    barcha oʻquvchilarning qoʻlidan keladigan vazifalarni bajarish orqali 
    muvaffaqiyat vaziyatini yuzaga keltirish, yangi mavzularni avval oʻzlashtirilgan 
    bilimlarga tayangan holda oʻrganish;

    darsda doʻstona, ishonch va hamjihatlikka asoslangan muhit yaratish orqali, 
    oʻqituvchining yorqin va emotsional nutqi orqali ijobiy emotsional kayfiyat hosil 
    qilish;

    oʻquvchining oʻz-oʻzini va boshqalarni baholashi, faoliyat natijasini 
    baholash, koʻp variantli (masalan, “Bu mashq nima uchun qiyin boʻldi?”, “Bu 
    darsda nimani bildik, nimani oʻrgandik?” va hokazo) savollar orqali refleksiyaga 
    erishish;

    muammolarni, ziddiyatlarni birgalikda hal qilish, evristik suhbat, oʻquv 
    munozaralari, jismlarning muhim belgilarini ajratish, tasniflash, umumlashtirish 
    va modellashtirish orqali darsda hamkorlikka erishish;

    baholar qoʻyish, tashakkur aytish, ogʻzaki ragʻbatlantirish, eng yaxshi 
    ishlar koʻrgazmasini tashkil qilish, oʻqituvchi tomonidan kichik yordam 
    koʻrsatish, vazifalarni murakkablashtirish orqali oʻquvchilarning faoliyatini 
    ragʻbatlantirish;

    entuziazm, optimizm muhitini yaratish, bolaning oʻz qobiliyat va 
    imkoniyatlariga ishonchini oshirish;

    yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish;

    har bir bolaning shaxsiyatini hurmat qilish. 
    4. “Kontseptual jadval” grafik organayzerda “Saxovatli fasl mavzusini yoritish. 
    “Kontseptual jadval” (“Ta’riflovchi jadval”) oʻquvchilami mavzu (masala, 
    muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlarini oʻzaro taqqoslashga oʻrgatadi, ularda 
    mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimlashtirish qobiliyatini oʻstiradi. Tajriba-


    20 
    sinov ishlari davrida respondent-oʻquvchilardan iborat kichik guruhlarga quyidagi 
    ish qogʻozi taqdim etildi: 
    N

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish