• Matematik savodxonlik koʻnikmasi
  • Oʻquv motivatsiyasi
  • Muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish.
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Munozara –
    bu bahsli masalalarni muhokama qilish va munozara qilish 
    usuli. Bugungi kunda munozara taʼlim faoliyatining eng muhim shakllaridan biri 
    boʻlib, oʻquvchilarning tashabbuskorligini oshirishga, refleksiv fikrlashni 
    rivojlantirishga yordam beradi.
    “Oʻquv munozarasi” tushunchasining maʼnosi shuki, bunda darsni shunday 
    tashkil qilish kerakki, oʻquvchilar yangi dars materiali bilan tanishgach, uni 
    muhokama qilishi, oʻz fikrini aytishi mumkin. Muhokama paytida har bir 
    oʻquvchi oʻqituvchi bergan savol yoki oʻrtaga tashlagan muammo boʻyicha 
    oʻzining shaxsiy fikrini aytishi mumkin.
    Matematik savodxonlik koʻnikmasi 
    – oʻqish jarayonida olingan bilim, 
    koʻnikma va malakalarning yigʻindisi, mavjud bilimlarni shaxsiy hayotda va 
    kasbiy faoliyatda qoʻllash qobiliyati; turli formulalar, modellar, grafikalar
    chizmalar 
    va 
    diagrammalarni 
    oʻqish,
    ulardan 
    kundalik 
    hayotda 
    foydalanish 
    qobiliyati; 
    inson 
    mehnatini 
    yengillashtiruvchi, uning samaradorligi va amaliyligini oshiruvchi fan va texnika 
    yutuqlaridan xabardorlik, ulardan foydalana bilish.
    Oʻquv motivatsiyasi
    Oʻquv motivatsiyasi oʻquvchilarning yutuqlariga, ularning oʻz-oʻzini 


    17 
    baholashiga, ularning rivoji va oʻzlashtirishiga, natijada esa umuman taʼlimning 
    sifatiga taʼsir qiladi.
    Bolada oʻqishga qiziqish yoʻqolishining sabablari:
    Oʻquv materialini oʻzlashtirish qiyinligi. Bunga oʻsishdan orqada qolish, 
    dars berish saviyasining yomonligi, uy vazifasini bajarishda mavzuning 
    yetarlicha ishlanmaganligi sabab boʻlishi mumkin.
    Muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish.
    Bunday qoʻrquv oʻquvchida uydagi 
    (hadeb tanqid qilaverish, baqirib-chaqirish, jismoniy jazolash) yoki maktabdagi 
    (oʻqituvchining baqirib berishi, sinfdoshlarning masxara qilishi) salbiy tajriba 
    tufayli paydo boʻladi. Natijada, oʻquvchining oʻz-oʻziga beradigan bahosi 
    pasayib ketadi, u oʻzining yaxshi oʻqib ketishiga ishonmay qoʻyadi.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish