• Case-studies
  • “Tarbiya” darsligidan olingan misol
  • Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Vaziyatlar tahlili
    (keys-stadi) – bu quyidagi sohalarda olingan 
    koʻnikmalarni takomillashtirish va tajriba orttirish uchun moʻljallangan oʻquv 
    metodi:

    muammolarni aniqlash, tanlab olish va yechish;

    axborot bilan ishlash – vaziyatdagi detallarning ahamiyatini anglash;

    axborot va asoslarning tahlili va sintezi;

    taxmin va xulosalar bilan ishlash;

    muqobil variantlarni baholash;

    qaror qabul qilish;
    boshqalarni tinglash va tushunish – jamoaviy ishlash koʻnikmalaridir.
    Case-studies
    – bu faktlar asosida maxsus ishlab chiqilgan va oʻquv 
    mashgʻulotlarida tahlil qilinadigan muayyan oʻquv vaziyatlari. Vaziyatlarni tahlil 
    qilish jarayonida bolalar jamoada ishlashni, tahlil qilishni va boshqaruv 
    qarorlarini qabul qilishni oʻrganadi.


    13 
    Keysni yechish – bu taklif qilingan vaziyatni (keysni) tadqiq etish
    axborotlarni toʻplab va tahlil qilish, qilish mumkin boʻlgan harakatlar variantlarini 
    taklif qilish va ularning ichidan eng maqbulini tanlash.
    “Tarbiya” darsligidan olingan misol
    Matematika darsida nazorat ishi edi. Azamatning qalami sinib qoldi. Uning 
    yonida oʻtiradigan Aziza portfelidan qalam oʻtkirlagich olib, Azamatga berdi. 
    Azamat qalam oʻtkirlagichni indamay olib, qalamini oʻtkirlab oldi-da, nazorat 
    ishini yozishda davom etdi.
    1. Oʻquvchilar keysni oʻqib chiqishi kerak.
    2. Bu vaziyatni tahlil qilishi kerak.
    3. Bu vaziyatga nimalar sabab boʻlganini aniqlashi kerak.
    4. Vaziyatni hal qilish yoki bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun 
    uning oldini olish variantlarini taklif qilishi kerak.
    Azamatning qalami sinib qoldi. Uning qalam oʻtkirlagichi uyida qolib ketgan 
    yoki yoʻqolgan. Nazorat ishi yozilayotganda esa Azizani chalgʻitdi. Azamat 
    rahmat aytmagani uchun Aziza undan xafa boʻldi.
    Yechim. Azamat maktabga bir nechta qalam olib kelishi, qalam 
    oʻtkirlagichini doim portfelida olib yurishi kerak. Buning uchun esa bir kun oldin 
    kechqurun portfelini tayyorlashi,
    darsga qanchalik tayyorligini tekshirishi kerak. Shuningdek, birov yordam 
    bersa, unga “Rahmat” deyishni ham oʻrganishi kerak.
    Aziza birov rahmat aytmagani uchun xafa boʻlmasligi kerak. Balki Azamat 
    nazorat ishini yechishga berilib ketib, “rahmat” aytish esidan chiqib qolgandir?
    Aqliy hujum – bu muammoni imkon qadar koʻp variantlar hosil qilib, keyin 
    ularning orasidan eng maqbulini tanlash yoʻli bilan hal qilish usuli. Aqliy 
    hujumning bir necha ustunliklari bor:

    qisqa fursatda yechim topishga imkon beradi;

    vazifani yechishning muqobil variantlarini aniqlashga imkon beradi;

    jamoaning barcha aʼzolarini yechim topishda faol ishtirok etishga undaydi;


    14 

    ijodiy fikrlashni rivojlantiradi;

    jamoaning ahilligini, jipsligini, samaradorligini oshiradi;

    sodda, oddiy usul.
    Aqliy hujum oʻtkazishning uchta asosiy bosqichi bor.
    Masalani qoʻyish – bu dastlabki bosqich boʻlib, unda muammoni aniq 
    ifodalab olish kerak.
    Fikrlarni shakllantirish – bu bosqichda aqliy hujumning barcha 
    ishtirokchilari muammoni yechishning turli variantlarini taklif qiladilar. 
    Variantlar qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Muhimi – eng aql bovar 
    qilmaydigan variantlar ham yozib borilaveradi. Taklif qilingan fikrlar tanqid 
    qilinmaydi, baholanmaydi – har qanday takliflar faqat oʻrtaga tashlanaveradi.
    Fikrlarni tanlab olish va tahlil qilish – bu ekspertlik bosqichi boʻlib, unda 
    toʻplangan variantlar tizimlanadi, baholanadi va ularning ichidan eng maqbullari 
    tanlab olinadi.
    Misol. Oʻqituvchi “Darsni hamma oʻzlashtirish uchun nima qilish kerak?” 
    deb soʻradi. Oʻquvchilar oʻz fikrlarini aytaverishadi, oʻqituvchi ularning 
    hammasini yozib boraveradi. Bu bosqichda fikrlar saralanmaydi yoki oʻqituvchi 
    notoʻgʻri deb bilgan fikrlar rad qilinmaydi. Hamma oʻz fikrini aytib, ularning 
    hammasi yozib olingach, muammoni rostdan ham yechishga yordam beradigan 
    fikrlarni tanlab olish boshlanadi.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish