• Chalkash mantiqiy zanjirlar
  • Sinkveyn. “Sinkveyn” soʻzi fransuzcha cinquains (besh misralik sheʼr)  soʻzidan olingan. Sinkveyn




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/15
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #243971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    4aeh59qvQMrEPka7bnPqXKUW1noqpvOphPuSCEBa

    Sinkveyn.
    “Sinkveyn” soʻzi fransuzcha cinquains (besh misralik sheʼr) 
    soʻzidan olingan.
    Sinkveyn
    – maʼlum bir qoida boʻyicha yozilgan besh misralik qofiyasiz 
    sheʼr. Sinkveyn usulida quyidagi oddiy qoidaga rioya qilinadi:
    Birinchi misrada predmet, shaxs yoki hodisaning nomini yozamiz. Uni ot 
    yoki olmosh shaklida ham yozish mumkin.
    Ikkinchi misrada turli sifatlar, sifatdoshlar yoki tartib raqamlari yordamida 
    uning sifat xarakteristikalarini belgilab chiqamiz.
    Uchinchi misrada bizning qahramon yoki predmet odatda bajaradigan 


    15 
    amallarni sanab oʻtamiz. Bunda feʼllar ishlatiladi.
    Toʻrtinchi misrada toʻlaqonli gap tuziladi. Bu gapda biz sifatlayotgan 
    hodisaning oʻziga xos xususiyatlari bayon qilinadi.
    Beshinchi misrada xulosa yoki shaxsiy munosabat beriladi. Shuningdek, 
    hodisaning sinfi yoki toifasini ham yozish mumkin. Bu esa axborotning toʻliq 
    anglangan va tizimlashtirilganini koʻrsatadi.
    Misol. Feʼl.
    Murakkab, oʻrganilayotgan.
    Tahlil qilinadi, eslab qolinadi, koʻrib chiqiladi.
    Juda koʻp taʼrif va qoidalari bor.
    Gap boʻlaklaridan biri.
    Oʻzaro soʻrovnoma – kognitiv-evristik usullardan biri. Bu usuldan ijodiy 
    vazifani anglash bosqichida foydalaniladi.
    Usuldan foydalanish texnologiyasi: ikkita oʻquvchi bir matnni oʻqiydi, har 
    bir xatboshidan keyin toʻxtab, bir-biriga shu axborotga oid murakkabligi turli 
    darajada boʻlgan savollar beradi. Bu usul kommunikativ ijodiylik hamda muloqot 
    koʻnikmalari rivojlanishiga yordam beradi.
    Misol. Dars mavzusi boʻyicha uchta savol tuzing. Yoningizda oʻtiradigan 
    sinfdoshingizga shu savollarni bering.
    Chalkash mantiqiy zanjirlar
    – bu asosiy tushunchalarni mantiqiy tuzish 
    orqali oʻquv materialidagi asosiy muammoni aniqlashning pedagogik usuli. 
    Bunda oʻqituvchi mantiqiy ketma-ketligi buzilgan bir qator tushuncha va 
    terminlarni taqdim qiladi. Oʻquvchilarning vazifasi xatoni topib, uni tuzatish va 
    buni asoslab berishdir.
    Usulning ketma-ketligi:

    oʻrganilayotgan mavzuga tegishli termin yoki tushunchalar yozilgan qogʻozni ilib 
    qoʻyamiz;

    oʻquvchilarga tasodifiy, tartibsiz berilgan asosiy tushunchalarning mantiqiy 
    ketma-ketligini aniqlashni, soʻng barcha asosiy tushunchalardan foydalangan 


    16 
    holda yozma matn tayyorlashni taklif qilamiz;

    oʻqituvchi asosiy tushunchalar boʻyicha hodisalar ketma-ketligining oʻz variantini 
    bayon qiladi;

    oʻquvchilar oʻz variantlarini oʻqituvchining varianti bilan solishtirib koʻradilar.

    Oʻqituvchiga maslahatlar:

    yozma ishlarni oʻqituvchidagi variantga yaqin boʻlgani uchungina emas, balki 
    muammoni yechishdagi nostandart fikrlash, oʻziga xos yechimlar taklif qilingani 
    uchun ham taqdirlash;
    оʻqituvchi oʻquvchilarga yechimning oʻz, asl varianti bilan tanishtirganda 
    faqat muammoning nimada ekanini aytishi, muammoni yechish yoʻllarini esa 
    oʻquvchilarga havola qilishi kerak.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinkveyn. “Sinkveyn” soʻzi fransuzcha cinquains (besh misralik sheʼr)  soʻzidan olingan. Sinkveyn

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish