International Conference on Developments in Education




Download 250,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.05.2024
Hajmi250,19 Kb.
#241151
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.docx

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
27
th
Jan. 2023 
19 
imkon qadar ko’proq ma‘lumotlarni yoritishga intilishi o’quvchini ortiqcha toliqtirishga olib 
kelishi mumkin. O’z navbatida ma‘lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma‘lumotlarni 
o’zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o’quvchining o’zini 
his qilishi va sog’ligiga salbiy ta‘sir qiladi. 
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: 
o’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual 
rivojlanganligi, ishchanlik ko’rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. 
Ikkinchidan, o’qituvchi faoliyati bilan bog’liq bo’lib, o’qitish konsepsiyalari, pedagogik 
texnologiyalari va ta‘lim vositalaridan rasional foydalanish ko’rsatkichlari, o’qituvchining 
mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. 
Mualliflik dasturlari 
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta‘lim tizimlarida turli o’rgatuvchi 
dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O’rgatuvchi ko’rgazmali dasturiy vositalar 
mualliflik dasturiy ta‘minotlari yordamida yaratiladi. Ta‘lim jarayonida bunday dasturlardan 
foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid 
axborotlarni qabo’l qilish va vazifalarni bajarishda o’quvchi bir vaqtning o’zida eshitib, ko’rib, 
o’zlashtiradi. 
Mualliflik dasturiy ta‘minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini 
qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular 
ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy 
texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida qo’llaniladi. Mualliflik dasturiy ta‘minotlar 
yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter 
texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish 
hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy 
ta‘minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. 
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, 
iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. 
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo’ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo’lib, 
u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab 
chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, 
o’rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko’rish va 
masofali ta‘lim tizimlariga integrallanishi mumkin bo’lgan Flash va HTML5 formatlarda 
yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish uchun 
deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o’quv kursining murakkab interfaol 
senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo’llashni bilish shart emas — Storyline 
buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu dasturning xususiyati oson 
o’zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalarning yorqin vizual uslubida: Articulate 
mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan ko’ra yanada 



Download 250,19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 250,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 250,19 Kb.
Pdf ko'rish